Farruh Soipov haqida video tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur o'zbek aktyori Farruh Soipovning videosi tarqaldi. Ushbu maxsus intervyudan olingan gaplarning bir parchasini sizlarga keltirib o'taman. Farruh Soipovning nima uchun shou-biznesdan ketganlik sabablarini bilish uchun savollar berdi va ushbu javobni oldi:
"Mening hayotimni Quron o'zgartirdi! Chunki men shou-biznesda bo'lganimda yaxshi amallar va insonlarga yaxshilik qilishga imkonim yo'q edi, ishonavering shou-biznesda buning iloji yo'q. Kektishimga sabab bo'lgan narsa ham shudir va men to'g'ri qaror qildim deb o'ylayman. Hozirda men biznes bilan shug'ullanaman. Shou-biznesdan ketganimdan hech qachon afsuslanmaganman va afsuslanmayman ham. Hozirda ko'pgina kinolar yoshlarning ongiga va tarbiyasiga salbiy ta'sir qilayapti, bu achinarli holat. Men oxirgi paytlarda umuman kino ko'rmaydigan bo'lganman" deydi Farruh Soipov.
Bir o'g'il va bir qizning otasi Farruh Soipov "Kelgindi kelin", "Kelgindi kuyov", "Panoh", "Qalbim o`g`risi", "Sotqin", "Nafs", "Sug'diyona", "Feride", "Oshiqlar" filmlarida sur'atga tushgan. Alisher Uzoqov ham ijtimoiy tarmoqlarda Farruh haqida ozgina gapirib o'tdi.