"Vahshiy" filmining namoyishi bo'lib o'tdi.
Avval ma'lum qilinganidek, rejissyor Ozod Shams tomonidan tasvirga olingan "Vahshiy" filmining taqdimotini ko'pchilik intizorlik bilan kutayotgan edi. Bugun mazkur kartinaning namoyishi bo'lib o'tdi. Filmning premyerasiga tashrif buyurgan tomoshabinlar bugun o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Film bosh qahramoni Asal Shodiyeva o'z obrazi bilan ko'pchilikni hayratlantirgan bo'lsa ajab emas. Chunki "Vahshiy" filmida vahshiy va qasoskor qiz rolini o'ta maromiga etkazib ijro etgan. Ming bor gapirgandan ko'ra bir bor ko'rgan afzal deganlaridek, yurtimiz kinoteatrlariga tashrif buyurib, o'zingiz tomosha qiling va fikr-mulohozalaringizni bildiring.
Eslatib o'tamiz, Ozod Shams rejisserligidagi filmda bosh rollarni Asal Shodiyeva, Mirabror Mirhalilov, Jamila G'afurova, Hamod Toshpo'latov va Shohida Ismoilovalar ijro etishdi.
Ma'lumot Popcorn.uz saytidan olingan.