Shaxzoda Muxammedova yana bir orzusi ushalganini aytdi.
Kecha, 2 noyabr kuni aktrisa Shaxzoda Muxammedova Instagram’dagi shaxsiy sahifasi orqali Dubay shahridagi Del'finariyga sayohati haqida hikoya qilar ekan, yana bir orzusi ushalganini aytdi.
"Bugun, mening orzum ushaladigan kun. Aslida hamma hayvonlarni juda yaxshi ko'raman. Lekin bugun singlim bilan juda baxtlimiz. Del'finlar bilan kechadigan bugungi kunimiz bir umr esda qolarli bo'ladiganga o'xshaydi. Ular biram shirin, biram yoqimtoy, buni so'z bilan ifoda etib bo'lmaydi. Hammaga yaxshi kayfiyat tilayman, bizda yoz”, deb yozadi Muxammedova.
Keyingi postda esa u orzusi haqida shunday deydi, "Orzularim doim ushaladi. Buning pinhona sirini aytaymi? Yaxshi niyat, havas, oq ko'ngil va pokiza qalb!”
Ma'lumot uchun, aktrisa Dubayga yolg'iz emas, singlisi va buvisi bilan jo'nab ketgan. Bir necha oy avval u aktyor Azamat Axrorov bilan xitoy safarida bo'lgan edi. O'sha vaqtlarda Azamat Axrorov Muxammedovaga turmush qurish taklifini bergan. Shaxzoda Muxammedova bu borada saytlarda intervyu ham bergan edi. Shu kunlarda ularning munosabatlariga putur etgan chog'i, Muxammedovaning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasida Axrorov bilan tushgan suratlari ko'rinmay qoldi.