Jahongir Otajonov to'satdan kechirim so'radi.
28-29 oktyabr kunlari xashamatli "Istiqlol” san'at saroyida sevimli san'atkorimiz Jahongir Otajonov "Kuz gullari” deb nomlangan kontsert berdi.
Xonanda kontsertiga mehmon sifatida taklif etilgan O'zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullaevadan kutilmaganda sahnadan turib kechirim so'ragani haqida xabarlar yetib keldi. Jahongirning o'zi ushbu vaziyat sababini uning qaysidir bir qo'shig'i Nasiba Abdullaevaning taronalaridan biriga o'xshab qolgan.
Jahongir Otajonovning so'ragan kechirimiga Nasiba Abdullaeva qanday javob bergani bilan nashriyot ham qiziqib ko'rdi.
- Bilmadim, Jahongirning o'zi o'xshatgan bo'lishi mumkin, ammo men o'xshashlik sezmadim. Nisbatan xotirjam tabiatimni hisobga olganda, qo'shiqlarimizni bir-biriga o'xshatib bo'lmaydi. Avvalo qo'shiqlar bir-biriga o'xshab qolmagan, o'xshab qolganida ham hech qanday e'tirozim bo'lmasdi. Sababi, bir-biriga o'xshamagan, keraksiz qo'shiqlar ko'payib ketganidan ko'ra yaxshi qo'shiqlarning o'xshash bo'lgani ma'qul, deb o'ylayman.
Aziz OQAYIQ foydalanuvchilari Jahongir Otajonovning qaysi bir qo'shig'i Nasiba Abdullayevanikiga o'xshar ekan? Izoh qoldiring.