Загрузка...
Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQ-AYIQ.NET посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQ-AYIQ.NET в Закладки.

Diana Yagofarova kinoga qaytmoqchi

Загрузка...

Diana Yagofarova rasmDiana Yagofarova rasm

Ba'zida ular qaytishadi: aktrisa Diana Yagofarova o'zbek kino olamini zabt etish uchun qaytmoqchi.

Qachonlardir "Super kelinchak" rolini o'ynagan Diana Yagofarova yurtimiz sevgan aktrisa edi, zangori ekranlarda o'z muxlislarining ko'zini qamashtirib turar edi, uni tanimagan bilmagan inson yo'q edi go'yo. O'z karerasining yuqori cho'qqisida Diana barchasini tashlab ketishga qaror qildi.

Sevikli insoni va mustahkam oila qurish istagida Diana o'z-o'zini anglash uchun uzoq va tikanli safarga yo'l oldi. Bu yo'l Diana uchun o'zligini topishga yordam berdi. Mana 9 yildirki Diana va Murad Yunusxodjaevalar baxtli oila qurishga erishishdi. Birgalikda 2 ta o'g'ilni katta qilishmoqda va kelajakga katta umidlar bilan qarashadi. Ushbu ma'lumotlarni juftlikning o'zlari The Mag taxririatiga intervyu berishdi.

Diana, mana sal kam 10 yil o'tdiki siz haqingizda hech qanday xabar eshitmadik, buning sababini bilsak bo'ladimi?

O'sha damlardagi hayot bosqichida, men bir qarorga kelishim kerak edi. Chunki o'shanda mening aktrisalik kareram o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqgan edi, boshqa undanda yuqoriroq cho'qqilarni zabt etishni istadim, yani boshqa davlatlarga borish va sahnalarni ko'rish. O'sha qarorim tufayli keyinchalik men o'z sevikli yorim, turmush o'rtog'imni uchratdim. Menda voqeaning ikkita variant bor edi: Chet elga ketib o'z aktrisalik kareramni davom ettirish yoki oila qurib, o'zimni oilamga bag'ishlash. Men uchun yani ayol kishi uchun tanlov aniq edi, yani oila qurib ona va sevikli rafiqa bo'lish baxtiga sazovor bo'lish.

Diana Yagofarova fotoDiana Yagofarova foto

Shu vaqtgacha siz nima bilan mashg'ul bo'ldingiz? O'zingiz uchun qiziq bo'lgan biron bir mashg'ulot topdingizmi?

Mening hayotim - bu ijod qilish. Nima ish qilgan bo'lsam barchasi ijod bilan bog'liq bo'ldi. Men dizayner interyerlik kursini tamomladim, 3Ds Max dasturida ishlashni o'rgandim. Tushundimki bu yo'nalishda astoidil ish olib borish uchun yana nimadir qilish kerak, o'shanda men arxitektura institutiga topshirishga tayyorgarlikni boshladim. Lekin biz ko'p vaqt kutgan voqea yuz berdi, men xomiladorlik sharafiga erishdim. O'shandan keyin institutga topshirishni qoldirdim. Men birinchi farzandimni dunyoga keltirdim, uning ismini Temur deb qo'ydik. Keyinchalik ikki yilu uch kundan keyin ikkinchi farzandimiz Amirsaid dungoga keldi.

Uzundan-uzun dekret vaqtlari boshlandi. Hali hech qancha vaqt o'tmadi men soch turmaklari bo'yicha stilistlik kursini o'qib chiqdim, chunki menga bu juda qiziq bo'lgan. O'z ishimni ochish uchun hamma vaqt menga nimadur yetishmayotgandek bo'lardi, lekin hozirgi kunda men barchasi uchun tayyorman deb o'ylayman.

Siz o'z o'zligingizni qidirishda bo'lgansiz desa ham bo'ladi, to'g'rimi?

Rostini aytaman, men uchun o'zligimni topish onson bo'lmadi, qaysidir payt men bu menligimni ham anglay ololmay qolgan vaqtlarim ham bo'ldi. Odamlardan o'zimni olib qochar edim, chunki meni tanib qolishlaridan qo'rqar edim. Mendan so'rashganlarida "Siz Super kelinchak filmidagi aktrisa siz emasmisiz? Yo'q, bu filmni birinchi marta eshitib turibman" deb o'zimni yolg'on bilan olib qochar edim. Shunaqa vaziyatlar ko'p vaqt takrorlanaverdi. Bir payt kimdur savol bermoqchi bo'lib "Siz? sizdan bir narsani so'ramoqchiman..." degan vaqt, uning gapini oxirigacha eshitmasdan "Ha, Men O'sha" deb javob berdim. O'sha damda ichimda qandaydir bir yengillikni his qildim, tushundimki o'tmish - o'tmishda qoldi.

O'z oilangiz haqida gapirib bering?

Qisqaroq aytganda, oila borasida mening omadim keldi. Bilasizmi "super kelinchak"dagi rolim mening oilaviy hayotimga ham tamg'a bosdi. Filmdagi ko'pgina voqealarni hayotda ham bosib o'tishga to'g'ri keldi.

Diana Yagofarova oilasiDiana Yagofarova oilasi

Siz turmush o'rtog'ingiz bilan qanday topishdingiz?

Yangi yildan keyin do'stlar davrasida bir restoranda tanishib qoldik. Keyinchalik aniq bo'lishicha, Murad meni to'rt kun oldin ko'rgan ekan o'z-o'ziga shu qizga uylanaman deb va'da bergan ekan. Aytishadiku - peshonanga yozganidan qutilolmaysan deb. O'sha kundan keyin to'rt kun o'tib to'yimiz bo'ldi, mana 9 yildan buyon birgamiz va muhabbatimiz mahsuli ikkita ajoyib o'g'illarni tarbiya qilayapmiz!

Vaqt o'tishi bilan insonlar o'zgaradi, ulg'ayadi. Hozirda oila quganimizga ko'p yillar bo'ganligiga qaramay bir-birmizga ishonamiz va hurmat qilamiz. Farzandlarimiz esa oilamizni yanada mustahkam qildi.

Sizlar qanday ota-onasizlar? Farzandlaringizni san'at olamiga berish istagi bormi?

Biz oilada birinchidan o'zimizni tarbiyalayymiz - bolalar esa bizning oynadagi aksimizdir. Shuning uchun ham biz o'z ustimizda ishlashni to'xtatmaymiz. Oilada har xil mayda chuyda asab buzar vaziyatlar ko'p bo'ladi. O'sha payt biz farzandlarimiz uchun yomon va yaxshi politsiyachi rolini o'ynab beramiz. Farzanlarimizni har xil narsayu soxalarga qiziqtirib boramiz, ko'maklashamiz, lekin san'atni yoki misol uchun yadroviy ximiyani tanlash faqatgina uning o'ziga bog'liq, boshqa tarafdan olib qaraganda - ximiya ham san'atning bir turi.

Diana Yunusxodjaeva (Yagofarova), faqat rostini ayting - sahnani sog'indingizmi?

Sog'inganman, sog'inaman va endi sog'inishni istamayman! Rostini aytganda sahnaga qaytish xoxishi ko'p vaqt davom etmadi. Hayot tajribasidan kelib chiqib, o'zligimni anglagandan keyin tushundimki sahnani boshqa bir mashg'ulot bilan tenglashtirolmayman va o'rnini ham bosolmaydi.

Murad, sizchi? Diananing sahnaga qaytishiga siz qaday qaraysiz?

Boshida menda sahnaga nisbatan yoqimsiz his-tuyg'ularni sezardim. Albatta, 9 yil oilada birga yashab, Diana har doim yonimda, oilam bag'rida bo'lishiga o'rganib qoldim. Kinomatograf esa doimiy ayriliqni talab qiladi: syomkalar, repetitsiyalar va hakazo. Lekin mening fikrim: Diana intiluvchan va ijodkor inson, o'z talantini ko'mib tashlash bu to'g'ri bo'lmaydi, agar Diana shu qarorga kelsa men faqat qo'llab quvvatlayman.

Daina katta sahnaga qaytishdan nimalarni kutayapsiz?

Shuni aytib o'tishim lozimki 10 yil vaqt meni o'zgartirdi. Hozirda menda yangi his-tuyg'ular qamrab olgan. Onalik baxti menga katta turtki bo'ldi. Men dunyoga boshqacha nazar bilan qarashni o'rgandim. O'ylashimcha mening tomoshabinlarga aytadigan gaplarim ko'p. Maqsadlarim juda katta: keyingi yil Kanna festivalida qatnashib, O'zbekiston nomini himoya qilish. Bu hech kimga sir emas O'zbekiston kelgusi yilgi festivalga ariza tashlash arafasida. O'zbekkino hozirda rivojlanib borayotganini ko'rib men juda xursand bo'ldim. Bu rivojlanish aktyor va aktrisalar uchun yangi yangi qirralarni ochib beradi.

Diana Yunusxodjaeva (Yagofarova) va Murad Yunusxodjaev.

Instagram sahifasi: https://www.instagram.com/dianayagofarova/.

Похожие новости:
Lola Yuldasheva turmushga chiqdi. Lola Yuldasheva turmushga chiqdi. Shou-biznes yangiliklari Sevinch Muminova haqida. Sevinch Muminova haqida. Shou-biznes yangiliklari
Загрузка...
Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Партнеры
Загрузка...
Личный кабинет