Загрузка...
Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQ-AYIQ.NET посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQ-AYIQ.NET в Закладки.

Bobomurod Hamdamov haqida.

Bobomurod Hamdamov rasmi.

Bobomurod Hamdamov - O'zbek hofizi, O'zbekiston, Turkmaniston xalq artisti, Klassik estrada kuychisi.

Bobomurod Hamdamov 1940-yil Amudaryo labidagi kun va suv bir-biri bilan tillashadigan Turkmanistonning Lebob shahrida tug'ilgan. Yoshlik chog'laridan o'zbek, turkman, tojik va hind milliy qo'shiqlarini sevib kuylagan. Shuning uchun ham Bobomurod Hamdamoving qo'shiqlari butun dunyoga mashhur. Keyinchalik O'zbekiston xalq artisti va hofizi unvonini qo'lga kiritdi. 2010 yil 17-dekabr kuni u o'zining ijod yo'lidagi 50 yillik yubшleyini hamda 70 yoshini nishonladi. Bobomurod Hamdamovning qo'shiqlari O'zbekiston "oltin xazina"siga qo'shildi. Zamonning keskin sur'atlarda o'sishi va o'zgarishi hofizning muxlislarini kamaytirmadi, aksincha u kishini butun dunyo sevib eshitmoqda. Ayniqsa Bobomurod Hamdamovning eng mashxur qo'shiqlari "Kim ekan" va "Lazgi" yuragimizga singip ketgan. Hayoti davomida yuraklarni larzaga soladigan ko'pgina qo'shiqlar yaratishga ulgurdi.

  • - Ey yuzi gulyor
  • - Sms
  • - Begona
  • - Devona
  • - Soxibquron
  • - Go'zledim (2007)
  • - Dil oromi
  • - Bedor bo'libdur
  • - Sadoqat
  • - Boz omadi
  • - Jaloliddin
  • - Tamanno
  • - Yarim qoldi
  • - Mayda-mayda me raksed
  • - Feruz
  • - Jonim, yo'ling yiroqdir
  • - Mexrijamol
  • - Kamar borik
  • - Sayeding
  • - Sokiy biyo
  • - Dardingdan
  • - Kayfuyem
  • - Kim ekan
  • - Sogindim
  • - Masrur
  • - Kolur
  • - Shirin suxaniro
  • - Xumorlama
  • - Yor yig'lar
  • - Lazgi
  • - Maxbuba
  • - Boz Omadi
  • - Baydju bavra
  • - "Ganga" daryosi okib utgan mamlakatd
  • - Mening ismim masxarabaz
  • - Kizlar

Bobomurod Hamdamov o'rta maktabni bitirgandan keyin ko'tarma kranchilar tayyorlaydigan qisqa muddatli o'quv kursini tamomlab qurilishga ishga kirdi. Yosh yigit chog'laridaham ulkan kranni boshqarayotib ham o'sha paytda urf bo'lgan hind kinolaridagi qo'shiqlarni bekami ko'st qilib aytishga havasmand edi. Qurulishdagi g'isht teruvchiyu, betonchi, haydovchilar ishlarini tashlab Raj Kapur filmidagi "Ovvoraman" qo'shig'ini tinglasahrdi. Bundan g'azablangan prorab yo qo'shiq ayt yo kran boshqar deb ultimatum qo'ygan, Bobomurod Hamdamov esa qo'shiqchilikni tanladi.

O'sha paytda Komiljon Otaniyozovdan dovruqliroq hofiz yo'q edi. Yosh yigitcha Bobomurod Hamdamov Komiljon Otaniyozov oldiga borib "Men hofiz bo'lmoqchiman" dedi, ko'pni ko'rgan hofiz esa "Qani bir qo'shiq aytchi" deganida u hind filmlaridan qo'shiq kuylagan, eshitib "Mayli, seni tarbiyalasa odam bo'lasan" deb o'z tarbiyasiga olgan. Ustozining sharofati bilan Xorazm qo'shiqlarini xalqimizga ma'qul keladigan darajada aytib kelymoqda.

Bobomurod Hamdamov yuragiga cho'g' tashlagan narsa Raj Kapur rol o'ynagan hind filmidagi Mukesh Chand Matxur ijro etgan qo'shiqlar edi. Raj Kapur Toshkent festivaliga kelgan 1976 yili Mukesh AQSHda og'ir hastaligi bois olamdan o'tgan edi. Bobomurod Hamdamov bilan tanishgach, Raj Kapur "Mukeshni Amerikada yo'qotib, Toshkentda topdim" deydi. Raj Kapur men bilan birgalikda "Meri juppa Hindistoniy" deya ko'ylagan damlar hayotimning eng mas'ud damlari edi, deb eslaydi Bobomurod Hamdamov.

Bobomurod Hamdamov "Mahtumquli"dan hirgoyasi.

Harning ishi hardir, do'stlar,

Ming maqtasang, otcha bo'lmas.

Bad aslga amal tegsa,

Biling, asl zotcha bo'lmas.

 

Foniy dunyoga inonmang,

Oltin-kumushga quvonmang,

Ko'ngilsizga ko'ngil bermang,

Bir tuqqan zuryodcha bo'lmas.

 

Ko'p yo'llarni ko'rsa ko'zing,

Har ma'nidan bilsang o'zing,

Bir nodonga aytgan so'zing

Esib ketgan bodcha bo'lmas.

 

Boshing yostiqqa etganda

Sabru qaror bo'lmas senda,

Kuching-quvvating ketganda

O'g'il-qizing yotcha bo'lmas.

 

Mahtumquli, ajab chog'lar,

Kimdir kular, kimdir yig'lar,

Turli meva bergan bog'lar

Sovrilar, Jannatcha bo'lmas!

 

Похожие новости:
Sevinch Muminova haqida. Sevinch Muminova haqida. Shou-biznes yangiliklari Djorj Kluni egizak farzandli bo'ldi Djorj Kluni egizak farzandli bo'ldi Shou-biznes yangiliklari Shahzoda Muhammedova 8-mart kuni qoidani buzdimi? Shahzoda Muhammedova 8-mart kuni qoidani buzdimi? Shou-biznes yangiliklari Jahongir Otajonov to'satdan kechirim so'radi. Jahongir Otajonov to'satdan kechirim so'radi. Shou-biznes yangiliklari Superyulduzlarning real hayoti - Kianu Rivz. Superyulduzlarning real hayoti - Kianu Rivz. Shou-biznes yangiliklari
Загрузка...
Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Партнеры
Загрузка...
Личный кабинет