Djorj Kluni egizak farzandli bo'ldi
Djorj Kluni oilasida egizak dunyoga keldi.
Amerikalik aktyor Djorj Kluni va uning rafiqasi Britaniyalik advokat, asli kelib chiqishi Livanlik bo'lgan Amal Kluni oilasida egizaklar dunyoga kelishdi. Qiz va o'g'il egizaklarning ismini Ella va Aleksandr deb qo'yishdi.
Klunining dunyoga tanilishiga va yulduz bo'lishiga o'sha mashxur "Tez yordam" (ER, 1994−2009) seriali sababchi bo'lgan edi. Undan keyin juda ham ko'p filmlarda sur'atga tushgan - "От заката до рассвета" (From Dusk Till Dawn, 1995), keyinchalik "Один прекрасный день" (One Fine Day, 1996), "Betmen va Robbin" (Batman & Robin, 1997), "Миротворец" (The Peacemaker, 1997), "Идеальный шторм" (The Perfect Storm, 2000), "О, где же ты, брат?" (O Brother, Where Art Thou?, 2000, eng yaxshi erkak roli "Oltin globus" premiyasi), "Невыносимая жестокость" (Intolerable Cruelty, 2003).
Rejisser Stiven Soderberg bilan birgalikda ishlangan filmlari Klunining eng eng yuqori cho'qqisi bo'ldi. Ular birgalikda "Вне поля зрения" (Out of Sight, 1998), "Одиннадцать друзей Оушена" (Ocean’s Eleven, 2001) va uning 2004-2007-yillardagi sikveli, "Солярис" (Solaris, 2002) и "Хороший немец" (The Good German, 2006).
2006-yil "Siriana" (Syriana, 2005) filmidagi roli uchun "Oskar" va "Oltin globus" mukofotini qo'lga kiritdi. Keyingi "Oltin globus" mukofotini 2012-yil eng yaxshi erkak roli uchun "Потомки" (The Descendants, 2011) filmi orqali qo'lga kiritdi.
Xotini Amal Kluni esa yuqori darajali yurist bo'lib faoliyat olib boradi.