Shahzoda Muhammedova to'yi 28-noyabr kuni bo'lib o'tadi
Ko'pchilik muxlislarning yuragidan joy olgan latofatli dizayner va aktrisa Shahzoda Muhammedova va nihoyat haqiqiy to'y tashvishlari bilan ovora. 28-noyabr kuni bo'lib o'tadigan o'zining nikoh to'yi arafasi bilan taklifnomalar tarqatishni boshladi. Bu haqda Shahzoda o'zining ijtimoiy tarmoqagi sahifasida muxlislariga xush xabar ulashdi.
Bo'lajak turmush o'rtog'ining ismi Marat. To'y bazmi poytaxtimizning markazida joylashgan hashamatli "Yakkasaroy" to'yxonasida bo'lishi rejalashtirilgan. Esingizda bo'lsa Shahzoda may oyida unashtirilganligi haqida ma'lumot bergan edik.
Marat esa shou-biznesdan ancha yiroq bo'lgan arxitektorlik kasbini egallagan va hozirda u Moskva shahrida o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Biz esa ikki juftga baxt va sog'lik tilab qolamiz. To'ylar muborak!!!