Qor haqida siz bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar.
Qor haqida qiziqarli faktlar...
• Qor aslida oq rangda emas. U rangsiz va tiniq bo'lib, mayda kristallar (qor parchalari) yuzasida yorug'lik nuri akslanishi tufayli oq bo'lib ko'rinadi.
• Qor parchalarining ko'rinishi bir-birini takrorlamaydi.
• Ularning bu qadar xilma-xil bo'lishiga sabab, erga tushar chog'ida turli xil harorat va namlik ta'siridan o'tishidir.
• Shunga qaramasdan, har qanday qor parchasi bir xil miqdorda – 10 kvintillion (10 000 000 000 000 000 000) dona suv molekulasidan tashkil topadi.
• Qor parchalarining bir-birini takrorlamasligini fotograf Uilson Elvin Bentli 1885 yildan boshlab olgan minglab rasmlarni solishtirib aniqlagan.
• Qor parchasi 2002 yil Solt Leyk Sitida o'tkazilgan qishki Olimpiya o'yinlari ramzi bo'lgan.
• Ginnesning Rekordlar Kitobiga kiritilgan eng yirik qor parchasi diametric 15 dyum, qalinligi 8 dyum bo'lgan. 1887 yil, 28 yanvarda AQSHning Montana shtatida topilgan.
• Rekord darajada qor yog'ishi AQSHdagi Beyker tog'i yonbag'rida kuzatilgan bo'lib, 1998 1999-yilgi qish mavsumida deyarli 29 metr qalinlikda qor yog'gan.
• Er yuzidagi barcha chuchuk suvlarning 80 foizi qor va muz ko'rinishida bo'lib, ular sayyoramizning 12 foiz maydonini band etgan...