Alisher Usmonov yaxtasi dunyoda eng sig'imli deb tan olindi.
USM Holding asoschisi va asosiy aksioneri Alisher Usmonov dunyodagi eng sig'imli yaxta egasiga aylandi. 156-metrli bu ulkan kema Alisher Usmonov onasi sharafiga yani "Dilbar" deb nomlandi. Forbes jurnalining xabar berishicha bu kema uchun $600 mln dollar sarf qilingan ekan.
Forbesning xabar berishicha Alisher Usmonovning "Dilbar" yaxtasi dunyodagi eng sig'imli yaxta ekanligini Yacht Harbour nomli ixtisoslashgan nashriyot ham tan oldi. Yaxtaning og'irligi 15 917 t, umumiy maydoni 3 800 kv/m, bir vaqtning o'zida 40 kishini o'z bortiga joylashtirishi mumkin. Ushbu ma'lumotlarni "Dilbar"ni yaratgan "Lurssen" nomli nemis kemasozlik kompaniyasi
22-iyun kuni ommaga taqdim etdi, ushbu kompaniyaga 1875 yil Bremenda asos solingan.
Bu korsatgich boshqa yaxta egalarini ortta qoldirdi. Bunga qadar eng sig'imli yaxta "Al Said" nomli yaxta bo'lib u Ummon sultoniga tegishli bo'gan, uning og'irligi esa 15850 t.
Forbes nashriyotinig xabar berishicha, bugunga kelib Alisher Usmonovning mablag'i $12,5 mlrd deb baxolanmoqda. "Dilbar" yaxtasini qurilish jarayoni sir saqlangan.
Yaxta maksimal tezligi 42 km/soatga yetadi. Unda 2 ta vertolet qo'nish maydonchasi, kinoteatr va lift ham bor. U xozir O'rta-yer dengizida, avgust oyida o'z bortiga birinchi yo'lovchilarini qabul qiladi. Eslatib o'tamiz Alisher Usmonovning yana bir "Ona" nomli yaxtasi ham bor, uning uzunligi 110 m, u dunyoda eng uzun yaxtalar reytingida 280 o'rinda turadi.