Oqshom liboslari haqida
Oqshom liboslari haqida
Oqshom liboslarini tanlashda diqqat bilan yondoshmoq lozim, chunki sizning tashqi va ichki go'zallingizni ko'rsatib nuqsonlaringizni berkitib, yanada maftunkor qilib ko'rsatib berishi kerak. Dezayner-modelyerlarning libos tanlash borasidagi tavsiyalariga quloq tutsansiz aslo uyatda qomaysiz.
Agar qomatingiz tolachadan kelgan bo'lsa, siz yumshoq, tokilib turadigan va albatta to'qroq rangli mato tanlashingiz kerak. Muammoli sohalarni nazokatli drapirovka yordamida berkitishingiz maqsadga muvofiq.
Qomatingiz shakli nokga o'xshasa yani (bo'ksa qismi ko'krak qismidan sezilarli darajada katta) demak sizga A shaklli liboslar sizning qomatingizga mos emas. bunday qomat egalari bunday liboslardan qochishi, aksincha tepa qismi kattaroq ko'rsatuvchi yani ko'krak qismi burmali, bantli libos tanlaganlari maqul.
Qum soati shaklini eslatuvchi ayollarimizga esa qanday bichimning farqi yo'q, faqat bachkanalikdan uzoqroq yurishsa bas. Libos tanlashda yana bir narsaga, bo'yimiz, yuzimizning rangiga ham etibor berishimiz kerak.
Yana bir eslatma homilador ayollarimizga uzun yerga tegib turuvchi liboslar yarashib turadi.
Hozirgi kunda nafis to'r matosidan va milliyligimizga mos keluvchi adras va atlas matolarida oqshom liboslari urf bo'lgan. Yosh qizlarimizga ochiq rangdagi, yoshi kattaroq ayollarimizga esa to'qroq rangdagi liboslarni tavsiya qilamiz. Tungi osmonni yarqirab yulduzlar bezagani kabi, oqshom liboslari uchun yoqut toshlar, marjonlar, yaltiroq aplikatsiyalar rosa mos keladi. Libosimgizga moslab taqinchoq tanlashni unutmang! Zirak va zanjir ko'ylagingizning rangi yoki bezak uchun qo'yilgan marvarid, yonib turuvchi toshlar bilan uyg'unlik kasb ettirib, ideal bo'lishi kerak.
Libos insonning ko'rki deb bejiz aytishmagan, eng asosiysi qalb go'zalligi, bir birimizga mehribon bo'laylik.