Turmush o'rtog'i tomonidan tashlab ketilgan ayol 60 kg ozdi va boshqasiga turmushga chiqdi.
AQSHning Pensilvaniya shtatida yashovchi Alvina Reynni turmush o'rtog'i haqoratlab tashlab ketganidan so'ng u ozishga qaror qildi. Ayolning aybi 2 farzandini dunyoga keltirgach 130 kg semirganidir. Unga turmush o'rtog'ining sen hech kimga keraksiz buyumsan, seni axlatga tashlash kerak degani alam qilgan.
Biroq Alvina 60 kg ga ozib, "gollivud yulduz" lariga o'xshab chiroyli bo'lib ketgach yigit aytgan gaplari uchun ming bor uzr so'ragan. Biroq Alvina uni kechirmadi.
32 yoshli Alvina oldin umuman og'irligini nazorat qilmagan va bir kunda 5ming kaloriyagacha ovqat iste'mol qilgan. 2 ta bolaning onasi shunchalik semirib ketganki natijada u semiz erkaklar uchun mo'ljallangan do'konlardan kiyim sotib olishiga to'g'ri kelgan.
2009 yilda qiz ozishga qaror qildi va to'g'ri ovqatlanish va sport orqali 60kgga ozdi.
U ko'p o'tmay o'z sevgisi Sashani uchratgan va unga turmushga chiqdi.