Dunyoning eng boy ayoli olamdan o'tdi.
Mashhur L’Oreal kompaniyasining egasi o'zining 95 yoshi arafasida olamdan o'tdi, ushbu ma'lumotni kompaniya axborot xizmati va Financial Times ommaga e'lon qildi. Forbes jurnalining yozishicha Lilian Bettankur ketma-ket ikki marta dunyoning eng boy ayoli bo'lgan. Uning boyligi $44,7 mlrd baxolangan.
L’Orealning vaqtinchalik direktorlik vazifasini bajarib turuvchi Jan-Pol Agon ushbu buyuk ayolni yorug' dunyoni tark etganligi haqida gapirar ekan u Lilianning kompaniya rivojiga bo'lgan roli beqisoyligi, ishchilarga mehribonligini, o'z ishini sevuvchi inson ekalgini eslatib o'tdi.
Dunyoning eng boy ayolining qizi Fransuaza Bettankur-Mayers aytishicha onasi kechki chorshanba kuni o'z uyida tinch o'lim topgan. Lilian 21-sentabrda o'zining 95 yoshiga roppa-rosa bir oy qolganida bu yorug' olamni tark etdi deydi qizi.
Lilian otasi Ejena Shuller ximik bo'lgan, u L’Oreal kompaniyasini 1909-yil ochgan. Lilian Bettankur L’Oreal kompaniyasining boshqaruvini 2012-yil tark etgan. Bettankur-Mayerslar oilasi kompaniyaning eng yirik aksionerlari sanaladi, ularning xisobida 30% aksiyalari bor.