Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
01 апр 13:07Yangiliklar UZ

Leonid Yakubovich O'zbekistonga keldi.

Yakubovich BuxorodaYakubovich Buxoroda

Mashhur teleboshlovchi qachonlardir Vladimir Visotskiy ijro etgan sahnada bir zum qotdi va Buxoroning hozirgacha saqlanib qolgan tarixiy arxitekturasiga nazar solib zavqlandi.

Rossiyalik aktyor va teleboshlovchi Leonid Yakubovich va Rossiya yahudiylar kongressi delegatsiyasi yurtimizga tashrif buyurishdi. Leonid Yakubovich yahudiylar jamoatchiligi, Buxoro yahudiylar madaniyat markazi va shahar rasmiy ma'muriyati bilan uchrashuv o'tkazdi. Buxoro hokimi Karim Kamolov mehmonlarni iliq kutib olib Buxoroning barcha tarixiy obidalari bilan tanishtirdi va qachonlardi Vladimir Visotskiy ijro etgan yoshlar madaniyat markazini ko'rsatdi.

Shahar ma'muriyati mehmonlarga tarixiy obidalarning ahamiyati va tarixi bilan tanishtirishdi, bugungi kungi turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan bo'lishdi. Birgalikda hamkorlik qilishishga kelishib olishdi. Asrlar davomida Buxoroda 100 mingdan ortiq yahudiylar hamjihat bo'lib, mehnat qilib yashab kelishgan. Hozirda Buxoroda 500 ga yaqin yahudiy istiqomat qiladi.

Mashhur "Pole Chudes" ning boshlovchisi Leonid Yakubovichning aytishicha: Inson qaysi dinga etiqob qilishidan farqli o'laroq uning etiqodi bo'lishi kerak deydi.

"Men Buxoroda ko'p yillar avval ham bo'lganman, sizning shahringizdagi yuz, ming yillik qadimiy obidalarning bugungi kungacha shunchalik zo'r saqlanib kelganligidan hayratdaman. Buning barchasi yuragingizdagi, qalbingizdagi etiqodingiz xuddi mayoq kabi nurli ekanligidan darak beradi" deydi u.

Buxoro yahudiylariBuxoro yahudiylari

Rossiya yahudiylar kongressi boshlig'i Yuriy Kanner ham shahrimizda turizmni rivojlantirishga qaratilgan ishlarni yuqori baholadi. U Buxoroni dunyo poytaxtlaridan biri deb ta'rif berdi va bu yerga tashrif buyurganidan xursand ekanligini bildirdi. Uchrashuv oxirida mehmon va mezbonlar bir-birlariga sovg'alar ulashishdi.

Malumot uchun: Leonid Yakubovich 1945-yil 31-iyulda Moskvaning yahudiylar oilasida tavallud topgan. 1991-yildan hozirgi kungacha barchamizga tanish bo'lgan "Pole Chudes" teleo'yinining boshlovchisi.

Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: