"Орёл и решка" - Toshkentda
Nastya Ivleeva poytaxtimiz Toshkentda "Орёл и решка. Перезагрузка" loyihasida sur'atga tushmoqda.
Toshkentda "Орёл и решка. Перезагрузка" loyihasining navbatdagi sonini sur'atga olish jarayonlari bo'lib o'tmoqda. Bu haqida ushbu ko'rsatuv boshlovchisi Nastya Ivleeva o'z instagram sahifasida xabar yozib qoldirdi. Ivleevaning muxlislari u bilan uchrashishni istashsada lekin poytaxtimizdagi sur'atga olish joyini va ishchi guruhning harakatlanish jadvalini sir tutishmoqda.
Eslatib o'tamiz Nastya Ivleeva "Орёл и решка. Перезагрузка" loyihasida 2017-yildan boshlab boshlovchilik qilib keladi. Ungacha o'z Instagram sahifasi orqali mashhurlikka erishgan edi, chunki uning sahifasida 2013-yildan boshlab har xil qiziqarli videoroliklar yuklab kattagina auditoriyaga ega bo'lishga ulgurgan.