Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQ-AYIQ.NET посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
17 янв 17:09Uzbekcha kino

DENGIZ HUKUMDORI - Jang Bogo hayotda bo'lganmi?

Dengiz hukmdori - afsonaviy film

Koreya kino ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan va barchamiz sevib tomosha qilgan va qilayotgan - "Dengiz hukumdori" seriali o'zbek tomoshabinining qiziqishini tobora orttirmoqda.

Shu bois bugungi sahifamizda nafaqat Janubiy Koreya tarixidan, balki Uzoq Sharq moziysidan hikoya qiluvchi serialda to'xtaldik. Film qahramoni Jang Bogo haqiqiy hayotda bo'lganmi? Tomoshabinda shunday savol tug'ilgan bo'lishi, tabiiy. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Jang Bogo bundan 1200 yil avval Sharqiy Osiyo bozorlarida hukumronlik qilgan. Koreya tarixchilarining guvohlik berishicha, u Chun Xay shahrining qurilishida ham ishtirok etgan. Shu bilan birga siyosatchi sifatida Koreyaning Yaponiya va Xitoy o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatishiga ham katta hissa qo'shgan shaxsdir.

  • Choy In Xo Jang Bogo haqida asar yozgach, Janubiy Koreyaning KBC kinokompaniyasi uni tasmaga tushirgan.
  • KBC kinokompaniyasining rasmiy saytida keltirilishicha, "Dengiz hukum­dori" uchun 50 milliard von (J. Koreya pul birligi) sarflangan. Sahna ko'rinishlarining asosiy qismi Shiladagi ofis, mehmonxona Yanchjou qarorgohlari serial uchun maxsus qurilgan.
  • Serial ijodkorlari "Dengiz hukumdori"ni dastlab 30 qismli bo'lishini rejalashtirishgan. Keyinchalik unga yangi obrazlar qo'shilib, 51qismga yetkazishgan.
  • 2005 yilda "Dengiz hukumdori" Janubiy Koreya televideniyasida namoyish etilgach, unga bo'lgan talab ortib ketadi. Mahalliy televideniyelardan tashqari, Yaponiya, Xitoyda ham tomoshabinlar hukumiga havola etiladi. 2006 yilda Turkiyaning TRT kanali ham "Dengiz hukumdori"ni sotib olib, turk xalqiga taqdim etadi. Turk nashriyotlarida yozilishicha, o'sha yili tomoshabinlarning aksariyati turk seriallarini emas, aynan "Dengiz hukum­dori"ni "Yilning eng yaxshi filmi" deb e'tirof etishgan ekan.

Tan olish kerak, bizda ham bu film tomoshabinni televizor qarshisiga "mixlab" qo'ydi. Unda rol o'ynagan har bir aktyorning mahoratiga tan bergan serial ixlosmand­lari ularning hayoti haqida bilgisi keladi.

Jang Bogo foto

Jang Bogo – Choy Su Jung.

Tug'ilgan yili: 1962 yil, 28 dekabr;

Bo'yi: 174 sm;

Ma’lumoti: Kolorado Davlat Universitetini tamomlagan;

Oilasi: Xa Xi Ra ismli aktrisaga uylangan. Bir qizi va o'g'li bor;

Suratga tushgan ilk filmi: "Sevgi daraxti" -1987 yil.

Yung Xva foto

Yung Xva – Park Su Aye. Jang Bogoning sevgilisi.

Tug'ilgan yili: 1980 yil, 25 iyul;

Bo'yi: 168 sm;

San’atdagi ismi: Leo;

Qiziqishi: tennis, suzish.

Yami xonim foto

Yami Xonim – Chay Si Ra. Jang Bogo va Yung Xvaning asosiy raqibi.

Tug'ilgan yili: 1968 yil, 25 iyun;

Tug'ilgan joyi: Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (Shimoliy Koreya);

Bo'yi: 168 sm;

Debyuti: 16 yoshida kinosanoatga kirib kelgan;

Ma’lumoti: Donkguk Universiteti.

Li Yeon Xi foto

Chaye Ryung - Li Yeon Xi. Jang Bogo boshlig'ining qizi.

Tug'ilgan yili: 1988 yil, 9 yanvar;

Tug'ilgan joyi: Seul;

Bo'yi: 169 sm;

Vazni: 46 kg;

2005 yilda "Eng yosh iqtidorli aktrisa" deb tan olingan.

Jang Bogo raqibi foto

Yung Yang – Song Il Kuk. Jang Bogoning yana bir raqibi.

Tug'ilgan yili: 1971 yil, 1 oktyabr;

Bo'yi: 186 sm;

Ma’lumoti: Chengju Universiteti;

Aktyorlikdan tashqari: tijorat bilan shuQullanadi. "Yes Asia" supermarketi bor;

2005 yilda KBC kinokompaniyasi tomonidan "Yilning eng yaxshi aktyori" deb topildi.

Ushbu seralning birinchi qismini o'zbek tilida bizda tomosha qilishingiz mumkin qolgan qismlarini esa Navi Studio yutub kanalida tomosha qilasiz.

Добавить комментарий
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: