Kech bo'lmasin!
Ko'chalarda behayolik qilgan yoshlar
Shunchalik ham bo'lasizmi eh beboshlar
Bu ishingiz do'zax otashiga boshlar
Kech bo'lmasdan Allohimni eslab qo'ying
Qaytar dunyo bir fursatda qaytar sizga
Qaytar qarang o'g'lingizga go'zal qizga
Uchmang aslo molu davlat shirin so'zga
Kech bo'lmasdan Allohimni eslab qo'ying
Ota-ona boshlarini egmang birov
Orzu deya saroblarni qo'ymang darrov
U dunyoga borgunizda so'roq so'rov
Kech bo'lmasdan Allohimni eslab qo'ying
Aka-uka tik boshlari bo'lmasin ham
Insonsizku inson bo'ling ikki olam
Nopok yo'lga o'ylab ko'rib qo'ying qadam
Kech bo'lmasdan Allohimni eslab qo'ying
Or nomus hayo ibo bo'lsin hamrox
Zino qilmang hiyonatku og'ir gunoh
To'gri yo'lga boshlagaydur qodir Alloh
Kech bo'lmasdan Allohimni eslab qo'ying
Undan ko'ra har besh vaqt o'qing namoz
Alloh uchun bo'lsin barcha his ehtiros
Aql bilan ish ko'rmoqlik insonga xos
Kech bo'lmasdan Allohimni eslab qo'ying
Oppoq orzu bilan yashang jannatlarda
Javobi bor ham bir ishni eh maxsharda
Bir umurga qolib ketmay lanatlarda
Kech bo'lmasdan Allohimni eslab qo'ying!