Qiyomat haqida sher
Qani endi yolg'onchi bo'lsam,
Ko'rmasaydi daxshatni ko'zim.
Nafrat birla to'kilmasaydi
"Qiyomat" ga aylangan so'zim...
Nima ham dey, dunyo shunaqa.
Rost gapirsang, kesarlar tiling.
Indamasdan, yashab o'tsang jim
Dunyosini qiymalar diling.
Xayvon emas, odamzod vahshiy
Farzandini unutib qo'ysa,
Nafs maylini, to'qqiz oy kutgan
Bolasidan ortiqroq qo'ysa.
Xayvon emas, odamzod vahshiy
Bolakushlik bo'lmoqda meros.
Xojatxona, axlatga otib
Zuryodidan bo'lmoqda xalos.
Biri bo'g'sa, biri sovuqda
Muzlatganda munchoqlarini.
Bola emas, xarom o'ynashga
Ochib tursa quchoqlarini...
"Bir burdayam nonimiz yo'q" deb
Diydiyosin bozori chaqqon.
Fahshdan topgan pulllari bilan
Gunohlarin oqlashi yomon.
Xayvon emas, odamzod vahshiy
Ko'ring borib, etimlar uyin
Otalarmas, Davlat o'tkazar
O'g'illarning sunnatu, to'yin.
Ko'cha uchun tuqqanlar qancha?
O'zi uchun tuqqanlarni ko'r!.
Bu muslimga yotku demagin.
Shayton mayli, iymonidan zo'r!!!
Bu zalolat botqog'i tuban.
Bu dunyoning bitmas dodlari.
Bir toshchalik qimmat topmasa
Odamiyzot zurriyodlari
Qasr uylar, dala xovlilar
Evaziga tug'ilganlar bor.
Vafo topmay va'dalar kuysa.
O'lmasidan ko'milganlar bor...
So'zlarimni yolgon deganlar.
Xaqiqatning boshini o'rang!
Mendan emas, Itlar g'ajigan
Farishtadan uzrlar so'rang.
Ajab tarmoq! O'ldim, kuydim ko'p.
Aljiragan, avragan talay.
Mayli, meni ne desangiz deng,
So'ngi so'zim aytgum har qalay
Menga nomu, sharaf kerakmas
Menga olqish, qarsaklar etar,
Agar sizday befarq o'tsam, jim
Bu dunyoni qiyomat yutar
Duo qilay iymonli bo'lgin!
Bolam jannat nuriga o'xsha!
Sendan kechgan volidangni ham
Mehring bilan ulug'lab yasha!!!
M. Ibrohimova