Актуальные темы
Выбор редакции
Опрос посетителей
Оцените работу движка
18 сен 06:52Sherlar
Ahad Qayum sherlar (Eslamadim, yo'qlamadim)
Ahad Qayumdan ajoyib she'r, ushbu she'r molu-dunyo ilinjida yuraverib, adashib, yoru-qarindoshlarini, ota-onasini eslamay yurgan insonlarga atalgan. Onamni bir eslamadim. Otamni bir yo'qlamadim. Xulosa chiqarish o'zingizdan azizlar. Oq-Ayiq.Net.
Davron surdim shodu xurram O'tdi qancha to'y-yu bayram Baxtga to'ldim men hammadan Meni kutsada volidam Boshqalarga o'xshab men ham Yaxshi Kunda yaqinlardan Duo olmoq xoxlamadim Onamni bir eslamadim Otamni bir yo'qlamadim. Soyamgacha soyabonlar Tutib turgan akalar To'y-u bazmi mensiz o'tmay Kutib turgan akalar Ishi bitgach bir yo'qlamay Yolg'iz qo'yib yakkalar Molu dunyo ilinjida Yillar bedor uxlamadim Onamni bir eslamadim Otamni bir yo'qlamadim. Mensiz bir kuni o'tmay Bedor yig'lagan go'zallar Sal qoqilsam o'zga yorni Borib yo'qlagan go'zallar Yuragingmas cho'ntagingni Narxin ko'zlagan go'zallar Nechun axir men yaxshilar Tomon ko'ngil bog'lamadim Onamni bir eslamadim Otamni bir yo'qlamadim..... Bolalikdagi u beg'ubor Kunlarimni sog'inaman Xatolarim o'ylayversam Men oqshomlari og'rinaman Tilda tavba endi Axad Pushaymonlar dog'idaman Butun umr men o'zimni Bir ohangda saqlolmadim Onamni bir eslamadim Otamni bir yo'qlamadim. |
Fikr qoldirish
Лента новостей
Sitora Alimjonovadan jonli ijro (video) 22:41Bolalar uchun taom 10:03Hijob liboslarini o'rash usullari va fasonlari 09:10Xarakterni bilish uchun psixologik test 21:52Tirnoq bo'yash usullari va zararlari. 14:00Karving san'ati - haykaltaroshlikmi? 21:48Yosharish sirlari 20:07Buvimdan eshitgan baxtli oila qurishning 10 siri. 12:18
Партнеры
Личный кабинет
Популярные статьи