YUR, KETAYLIK...
YUR, KETAYLIK...
Yur, ketaylik ishqni etaklab,
Bari g'amni ortda qoldirib.
Obro'si yo'q, lek izzattalab,
Insonlarni yo'ldan toldirib.
Yur, ketaylik ishqni etaklab,
Mayli dunyo kezaylik daydib.
Muhabbatdan so'z ochadi lab,
Senga she'rlar beradi aytib.
Yur, ketaylik ishqni etaklab,
Daryosidan o'taylik suzib.
Sahar turib, senga etaklab,
g'unchalarni beraman uzib.
Yur, ketaylik ishqni etaklab,
Bugun armon bo'lmasin g'olib.
Orzulrni barin quchoqlab,
Birgalikda ketamiz olib.
Yur, ketaylik ishqni etaklab,
Bu erlardan bo'laylik g'oyib.
Samovatga ko'z uzmay qarab,
Bulutlarga toyinib, toyib.
Yur, ketaylik ishqni etaklab,
Olam - olam hayolga to'lib.
Son - sanoqsiz yulduzni sanab,
Ko'kda to'lin oyga termulib.
Yur, ketaylik ishqni etaklab,
Shirin tushni shunday o'ngarib.
Egatlarning sochini tarab,
Va osmonning bag'rini yorib.
Yur, ketaylik...