Актуальные темы
Выбор редакции
Опрос посетителей
Оцените работу движка
05 ноя 08:55Sherlar
SOG'INDIM (sher)
SOG'INDIM
Sen yozmaysan...
Men yozmayman...
Ikkimiz jim.
G'urur qurg'ur ikkimizni qildi ajrim,
O'rtamizda sog'inch tog'i bo'ldi hokim,
Sog'indim!..
Sen bilmaysan,
Sen sezmaysan,
holim yomon.
Bu sog'inchdan abgor bo'ldim, ranggim somon.
Seni mahkam quchishimga bormi imkon?
Sog'indim!..
Ul sog'inchni qalam tahrir etolmaydi,
Oshiq ko'ngil sendan kechib ketolmaydi,
Sendan boshqa mening qadrim bilolmaydi,
Sog'indim!..
Ko'zyosh bo'lib sizib chiqdi tandan qonim,
Sensizlikda devona dil mehribonim.
Tortiq qilay ishqim senga ushla jonim,
Sog'indim!..
Sensizlikda jonim juda og'rindim...
Fikr qoldirish
Лента новостей
Sitora Alimjonovadan jonli ijro (video) 22:41Bolalar uchun taom 10:03Hijob liboslarini o'rash usullari va fasonlari 09:10Xarakterni bilish uchun psixologik test 21:52Tirnoq bo'yash usullari va zararlari. 14:00Karving san'ati - haykaltaroshlikmi? 21:48Yosharish sirlari 20:07Buvimdan eshitgan baxtli oila qurishning 10 siri. 12:18
Партнеры
Личный кабинет
Популярные статьи