Portalga yozsammikin (hazil sher).
Ishimdan hech unim yo'q,
Shundan bug'doy, unim yo'q,
Sovqotmagan kunim yo'q,
Portalga yozsammikan?!
Do'stim kaaatta uy qildi,
Dang'illama to'y qildi.
100 buqa, 100 qo'y qildi,
Portalga yozsammikan?!
Yo'llarim egri-bugri,
Qachon bo'ladi to'g'ri?!
Qo'shnim bo'lsa, g'irt o'g'ri
Portalga yozsammikan?!
Chiroq boru nur qani?
Chiroqchi, kel, ko'r qani!
Sendakalar qo'rqqani,
Portalga yozsammikan?!
Bonkchilarning naqdi yo'q,
Futbolchilar shahdi yo'q,
Qo'shni qizning baxti yo'q,
Portalga yozsammikan?!
Men kambag'al, u g'ani,
Insofdanmi, ayt, qani?!
Ishiga olsin mani,
Portalga yozsammikan?!
A, bu qo'shnim aferist,
Labda qimmat popiris...
Yerdan chiqqanmizmi biz,
Portalga yozsammikan?!
Kecha boruvdim “Gap”ga,
Jahlim chiqdi bir gapga:
Moshinga bormish “shapka”,
Portalga yozsammikan?!
Ishim yurishmay qoldi,
Halovatim yo'qoldi.
Kimdir omadim oldi,
Portalga yozsammikan?!
O'xshaymanmi men pesga,
Yoki baxil bir kasga?!
Berishsin propiska,
Portalga yozsammikan?!
Ko'mir kamu ko'pdir gap,
Ammo biroz tirriq ta'b...
Yozgani ruchka so'rab,
Portalga yozsammikan?!