Aforizmlar to'plami 1.
Aforizm so'zi har bir inson uchun turli xil tushunchaga ega. Kimdir uni o'z kayfiyatini ko'tarish uchun o'qisa, kimdir hayot tajribasini oshirishga va donishmandlardek fikrlash uchun o'qiydi, kimdur esa kerakli vaqtda, davralarda ushbu aforizm so'zlarini ishlatish uchun o'qiydi.
Xo'sh aforizmlar bizga nima beradi va nima uchun kerak?
Aforizm - bu so'zlardan tashkil topgan, qachonlardir buyuk allomalar, shoirlar tomonidan aytilgan chuqur ma'noli gapdir. Lekin ushbu so'zlarni nafaqat allomalar yoki shoirlar ishlatishgan, balki oddiy oramizdagi yoshi ulug' insonlar ham ishlatishadi.
Aforizmlar: misol uchun.
Ayrim aforizmlar bizlarga yashashni o'rgatadi. Misol uchun, "Sening munosabating, sening darajangni aniqlab beradi", Leonardo Da Vinchidan "Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aql bilan ham shunday holat yuz beradi.". Ushbu aforizmlarda hayot qonuni jamlangan bo'lib tan olish kerak ular bizni to'g'ri yashashga undaydi.
Aforizmlar haqida ko'proq bilishni istasangiz unda bizning Oq-Ayiq.Net saytimizga tez-tez tashrif buyurib turing, chunki bizning saytimizda sevgi haqida aforizmlar, hayot haqida, erkaklar va ayollar haqida ma'noli aforzimlar to'plami joylashtirilgan.