Yur muhabbat ketdik bu yerdan - qo'shiq matni.
Biz sevgan qo’shiqlarimizdan “Yur muhabbat kettik bu yerdan” Muhammad Yusuf she’ri, rahmatli Nuriddin Haydarov ijro etgan hammamizning dilimizda qolgan qo’shiq, o’g’li Hojiakbar Haydarov, Sevara Nazarxon, Farhod va Shirin, Alisher Fayz ijrosida ham bizga manzur bo'lib kelib kelmoqda.
“Yur muhabbat...
Oy yuzidan nur yog’di sim-sim,
Yur muhabbat kettik bu yerdan.
Shirin tushlar ko’rsin sevgilim,
Yur muhabbat, kettik bu yerdan
Biz ketsak, yer kengayib qolar,
Osmonlar ham enkayib qolar.
Bir qora ko’z jilmayib qolar,
Yur muhabbat, kettik bu yerdan.
Na qildim ey yuzlari zebo,
Aybim ne deb so’rama also,
Bu dunyo shundayin bevafo,
Yur muhabbat, kettik bu yerdan.
Biz ketsak, yer kengayib qolar,
Osmonlar ham enkayib qolar.
Bir qora ko’z jilmayib qolar,
Yur muhabbat, kettik bu yerdan.
Sevgi dilda yashnagan chechak,
U biz bilan qayda yashasak,
Ne qipti bir qizga yoqmasak
Yur muhabbat, kettik bu yerdan.