limonli tort
Limonli tort.
Masalliqlar:
- Biskvit uchun
- 8 ta tuxum
- 1,5 st un
- 1,5 st shakar
- Kremiga
- 500 gr tvarog
- 0,5 banka quyiltirilgan sut
- 0,5 st qand upasi
- 200 gr qaymoq
Limonli kurd uchun
- 2-3ta limon
- 4 ta tuxun sarig’i
- 50 gr saryog’
- 150 gr shakar
Tayorlanishi:
Birinchi biskvitimizni tayorlab olamiz, avval tuxum oqini ajratib, mikserda ko’pirtiramiz, keyin shakarni oz ozdan solib ko’pirtirishda davom etamiz. Tuxum sarig’ini ham qo’shib ko’irtiramiz va oz-ozdan oxirida un solib qoshiq bilan sekinlik bilan aralashtiramiz. Qolipimizga quyib 45-50 daqiqa past olovda pishiramiz.
Krem tayorlash:
Idishga 500gr tvarog, quyultirilgan sut, qand upasini solib mikserda ko’pitririb olamiz. Tayyor kremimizni muzlatgichga solib qo’yamiz. Tabga qarab vanilin solinsa ham bo’ladi.
Limonli kurd tayorlash:
2-3 ta sariq to’nli limonimizni po’stinini qirg’ichdan chiqarib olamiz, boshqa idishga 4ta tuxum sari’gini, 150 gr shakar va limon suvini siqib, shedrasiniyam solib, vadinoy banyada tinmay aralashtirib turamiz. 2 munutdan keyin ketidan 50gr saryog’ solib kremga o’xshab qolguncha aralashtirib turamiz.
Endi tortimizni 3 bo’lakka bo’lib orasiga shakarli suvni sepib olamiz (quruq bo’lib qolmasligi uchun). Korjlarimizni ustiga limonli kurd surib, keyin tvarogli kremimizani suramiz, shu holda qolgan korjlarni ham ustma ust qo’yamiz. Eng ustiga ham limonli kurd suramiz. Bu ajoyib pishirig’imiz juda mazali va tabi nozik xo’randalarimizga manzur bo’ladi.