Kichkintoylarimiz uchun ponchiklar tayyorlaymiz.
Kerakli mahsulotlar:
- Un 500 gr
- Shakar 60 gr
- Qaynoq sut 270 ml
- Tuxum sarig'i 2 dona
- Saryog' 50 gr
- Bir chimdim tuz
- Drojji 30 gr
- Vanil 10 gr
- Oq sutli shokolad
Tayyorlanishi:
Qaynoq sutga drojji qo'shamiz aralashtiramiz, shakar, vanil shakari, tuz, eritilgan saryog' va tuxum sarig'larini qo'shamiz. Aralashtirib ozginadan un qo'shib boramiz. Hamir tayyorlab, idishga solamiz va sochiqcha bilan yopib qo'yamiz. Issiq joyga 1 soatga qo'yib qo'yamiz. So'ng hamirni yoyib, aylanalar kesib chiqamiz. Stolda qoldirib sochiqcha bilan yopamiz va 30-40 daqiqaga tindirib qo'yamiz. O'simlik yog'ida ikki tomonlama qovurib olamiz. Olovni pastroq qilgan ma'qul, shunda ponchiklarimiz yaxshilab ishadi va asosiysi ichlari ham pishadi. Tayyor bo'lgan ponchiklarimizni olovdan olib, yog'ini shimib olishi uchun qog'oz sochiqchaga qo'yib qo'yamiz. Shokoladni eritib, ponchiklarimizni bezaymiz.
Ponchiklarimiz tayyor! Bunday oson va tezpishar yegulik barchaga manzur bo'ladi! Yoqimli ishtaxa