Negr torti
Negr torti
Masalliqlar:
1,5 st shakar
350gr un
4 osh qoshiq kakao
Razrexlitel
4ta tuxum
125gr salat yog’i
1 st sut
Kremiga
300gr qaymoq
0,5 st shakar pudrasi
Vanilin
Ustiga shanty krem + 2 qoshiq kakao eritilgan shokolad.
Tayyorlanishi
Idishga quruq narsalarni solib aralashtirib olamiz, shakar, un, kakao, razrexlitel hammasi birgalashib aralashtirib olinadi. Ustidan 4 ta tuxum , salat yog’I, sut solinib birxil biskvitdaka massa buguncha mikser qilinadi. Dumaloq qolibga pergament qog’oz solib, massa quliladi. Qizib turgan duxovkada 180 gradusda pishirib olinadi. Sovutib ikkiga bulib, sirop sepiladi. Orasiga qaymoqli krem suriladi. Krem uchun 300gr qaymoqga yarim stakan shakar pudrasini solib iz tushguncha mikserda ko’pirtiramiz va vanilin solamiz. Ustiga ham qaymoqli krem suramiz va holodilnikda 1 soat qotirib olinadi. Shanty krem parashogidan krem qilib kakao solib uni ham qaymoqni ustidan suramiz va negr tort ga eritilgan shokoladimizni iz iz qilib quyib chiqamiz va gugut cho’pi bilan naqsh beramiz.