Sosiskali rulet tayyorlash
Masalliqlar:
- Odiy tuzli + droja xamir
- 250 gr Margarin
- 2 pachka sosiska
- 100 gr sir
- Ustiga surish uchun tuxum
Tayorlanishi:
1 ta o'rtacha zuvala xamir qorib 20 minut dam oldiramiz, o'rtacha yumshoqlikda. Uni 40x40 sm razmerda yoyib o'rtasiga margarinni qirg'ichdan chiqazib qo'yamiz va konvert shaklida buklab, jo'va bilan 30x30 sm qilib yoyamiz va muzlatgichga 20 minutga qo'yamiz.
Keyin xamirni olib yana 40x40 sm qilib yoyib konvet qilib buklimiz va muzlatgichga 20 minutga qo'yamiz bu ishni 4 marotaba takrorlaymiz.
Tayyor muza hamiri ishlatsangiz ham bo'ladi. Tayor hamirni 0,5 sm qalinlikda yoyib 2 sm kenglikda uzunasiga kesib olamiz.
Sosiskalarimizni qornidan bo'yiga salgina kesib, sirni solib chiqamiz va kesilgan xamirimizni yonbosh qilib o'rab chiqamiz. Listga terib, ustiga tuxum sarig'ini surib qizarguncha pishirib olamiz.
Ko'zni quvnatadigan sosiskali rulet ham tayyor yoqimli ishtaxa!!!