Shirinlik yordamida ozish.
Shirinlikxo'rlar uchun ajoyib yangilik, olimlar Shirinlik Yeb Ozish Sirini Ochdilar.
Shirinlikxo'rlar uchun ajoyib yangilik: Tel-Avivlik olimlar uzoq kutilgan yangilik qildilar. Qarangki, ozish uchun shirinliklarni ratsiondan butunlay chiqarib tashlash shart emas ekan. Shunchaki ularni to'g'ri vaqtda tanavvul qilish zarur.
Ushbu ajoyib g'oyani isbotlash uchun, bir guruh olimlar qiziqarli tadqiqot o'tkazdilar. Ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi 193ta bemor 2 guruhga bo'lindi. Birinchi guruhga 300 kalloriyaga teng bo'lgan engil nonushta berildi. Ikkinchi guruhdagilarga esa 600 kalloriyaga teng bo'lgan shirinlikni ham o'z ichiga olgan nonushta berildi. Shuningdek kun davomida iste'mol qilinadigan mahsulotlar umumiy kalloriyasi bir hil bo'lgan.
8 oydan so'ng barcha qatnashchilar 15 kgdan vazn yo'qotishga muvaffaq bo'ldilar. Biroq yana 8 oydan so'ng kutilmagan natija ro'y berdi: nonushtaga shirinlik ham eydigan bemorlar yana 7 kgga ozishdi, shirinlik emaydiganlar esa ozish o'rniga 10 kg atrofida vazn yig'ishdi. Shunday qilib tadqiqot so'ngida shirinlikxo'rlar 20 kgdan, qolganlar esa 5 kg atrofida vazn tashlashga muvaffaq bo'lishdi.
Doktor Daniela Yakubovich bu holatni quyidagicha izohladi: «Kam uglevodli parhezdagi guruh, ko'pincha och yurgan va kun davomida birnecha bor sovutgichdan betartib ovqatlangan. Shirinlik eyish ruxsat etilgan guruh esa ovqatlanish tartibini buzishga ehtiyoj sezmagan. Shirinliklar uchun eng yaxshi payt — nonushtadir. Ertalab insonda metabolizm faol ishlaydi va eyilgan kalloriyalarni sarf qilish uchun kun davomida imkon bo'ladi».