Oq Ayiqdan Kruassan retsepti
Kruassan - Fransuz oshxonasidan.
Masalliqlar:
- 600gr un
- 2ta tuxum
- 1 st sut
- 60-80gr shakar
- 2choy qoshiq droja
- 300gr saryog’
- ozgina tuz
Siropi uchun:
- 1st suv+ 1st shakar qaynatiladi.
Tayorlanishi:
Bu kruassan shirinligi fransuz oshxonasiga tegishli, birinchi bo’lib , stakanga droja, bir osh qoshiq shakar va ozgina sut solib aralashtirib 10minutga qoldiramiz.
Kattaroq idishga unni elab, tuz, qolgan shakarni tuxumlarni chaqib solamiz. Keyin drojali massani solib alashtirish jarayonida sutni qo’shamiz. 10 minut qoramiz, qo’lga yopishmaydigan yumshoq hamir bulishi kerak. 1 soatga oshirish uchun qo’yib qo’yamiz, bu orada 300gr saryog’ni selofan paketga solib, jo’va yordamida turburchak qilib yoyamiz va muzlatgichga qo’yamiz (muzxonagamas).
Oshgan hamirimizni haligi saryog’ni hajmidan ikki barobar kattaroq yoyamiz, saryog’ni xamirimizni yarimiga joylaymiz yarimini ustidan yopib chetlarini bukib chiqamiz. Keyin jo’va bn sekin asta 60ga 20sm qilib yoyamiz, keyin 3dan birini bukamiz, qolgan 3dan birini ham bukamiz va selofanga o’rab muzlatgichga 30min ga qo’yamiz.
Xullas shu jarayonni 3marotaba takrollimiz. Va nihoyat tayor bo’lgan hamirimizni un sepilgan stol ustiga eniga 18-20sm bo’yiga 80-100sm qalinligi 0,5sm qilib yoyamiz. Uzunchoq uchburchaklar qilib kesib olamiz va rogalikka o’xhshatib o’riymiz. Listga terib, 30 min ko’tarilishi uchun qoldiramiz va 200 gradusda qizigan duxovkaga joylab 10 minutdan keyin 180 gradusga tushiramiz va usti qizarguncha pishiramiz. Siropga botirib olamiz.