Актуальные темы
Выбор редакции
Опрос посетителей
Оцените работу движка
22 апр 16:32Pazandachilik
Shokolad va apelsin hamda anor qo'shilgan tart pirogi
Bugun sizlar bilan shokolad va apelsin hamda anor qo'shilgan tart pirogini tayyorlaymiz.
Tarkibi:
- 23 santimetrli forma uchun
- 260 gr un,
- 7 osh qoshiq saryog',
- 50 gr shakar,
- 1 ta tuxum sarig'i,
- 1-2 qoshiq qirg'ichdan o'tkazilgan apelsin po'sti,
- 1 osh qoshiq bodom ekstrakti,
- 1-2 osh qoshiq sovuq suv.
Tayyorlanishi:
Barcha mahsulotlar blendrda yaxshilab aralashtiriladi va 30 daqiqaga sovutgichga qo'yiladi. Pech 220 gradusda qizdiriladi, sovuq hamir formaga yoyiladi, teshikchalar ochib, 15-18 daqiqa pishiriladi. Sovugach, ganash tayyorlanadi.
Buning uchun:
- 360 g shokolad,
- 300 ml qaymoq,
- 2 osh qoshiq saryog',
- 2 osh qoshiq apelsin likyori.
Qaymoq qaynatilib, shokolad ustiga quyiladi va 2-3 daqiqadan so'ng yog' solib ko'pirtiriladi. Likyor qo'shib, yana ko'pirtiriladi, tayyor ganash hamirli asosga quyiladi. 1-2 soat sovugach, bodom, anor bilan bezatiladi.
Fikr qoldirish
Лента новостей
Sitora Alimjonovadan jonli ijro (video) 22:41Bolalar uchun taom 10:03Hijob liboslarini o'rash usullari va fasonlari 09:10Xarakterni bilish uchun psixologik test 21:52Tirnoq bo'yash usullari va zararlari. 14:00Karving san'ati - haykaltaroshlikmi? 21:48Yosharish sirlari 20:07Buvimdan eshitgan baxtli oila qurishning 10 siri. 12:18
Партнеры
Личный кабинет
Популярные статьи