Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
20 фев 20:26Pazandachilik

Pishiriq pishirishdagi kerakli tavsiyalar

Bekajonlarimiz uchun maslahatlar, pishiriq pishirishdagi kerakli tavsiyalar

Kun davomida taom tayyorlashda, ko‘pchiligimiz ba’zi narsalarni odatiy tarzda bajarib, ularni to‘g‘ri bajarayotganligimiz to‘g‘risida o‘ylamaymiz ham. Shunga biz tayyorlanayotgan taomlar sifati va mazasini yanada yaxshilashingiz uchun eng ko‘p tarqalgan pazandalik xatolari to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

✔️Nimaga xamir oshmaydi?

Eng keng tarqalgan xatolardan biri bular eski xamirturush yoki vodoprovod suvi hisoblanadi. Xamirturushni tanlashda uni yaqin kunlarda ishlab chiqarilganiga ahamiyat bering. Eng muhimi oldin ishlatilganlaringizdan foydalanmang. Hattoki filtrdan o‘tkazilgan vodoprovod suvida xamirturushni oshishiga halaqit beruvchi, xlor mavjud. Shuning uchun xamir tayyorlashda yog‘li bo‘lmagan, uy haroratidagi sutdan foydalanishni tavsiya qilamiz.

✔️Keksni duxovkadan olgan zahotiyoq yeyish mumkinmi?

Issiq kekslar kesilganda, ular o‘z shaklini o‘zgartiradi va keksning issiqligida uni mazasini his qilish qiyin. Odatda ba’zi kekslarni ikkinchi kunda iste’mol qilgan yaxshi.

✔️Kartoshkani qopqoq yoki qopqoqsiz qaynatish kerakmi?

Suv qaynab va qochib qolish holati sizga tanishmi? Kartoshkani qaynatishda uning ustini yopgan yaxshiroq. Sababi idish qopqog‘ini yopganda biz mahsulotlarning foydali jihatlari va ta’mini saqlab, tayyorlash jarayonini tezlashtiramiz.

✔️Pomidorlarni sho‘rva va qovurmaga qachon solish kerak?

Ba’zida shoshilganimizda barcha mahsulotlarni qozonga birdaniga solib yuborishni istaymiz. Ammo pomidor solinishi kerak bo‘lgan taomga bunday qilib bo‘lmaydi. Xato qilmaslik uchun yodda tuting, pomidor kislota bo‘lib, u go‘sht mahsulotlarini pishishida yordam bersa, sabzavotlarga aksincha ta’sir qiladi. Ya’ni misol uchun siz sho‘rva tayyorlayotgan bo‘lsangiz, pomidor yoki tomat pastasini kartoshka, sabzi, karam va boshqa sabzavotlar pishganidan so‘ng solishingiz kerak. Agarda go‘shtni dimlayotgan bo‘lsangiz, pomidorlarni boshida solgan yaxshi. Shunda go‘sht yumshoq chiqadi.

                                    maslahatlar

Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: