Xolodes - foydalimi?
Xolodes taomi shunchaki tasodifan kashf qilingan. Qadimda odamlar qaynatma sho'rvani uzoq vaqt qaynatib sovuq joyga qo'yishgan ovqat yaxlab qolgan. Yangi taom birinchi bo'lib fransuzlar tomonidan yuqori baholagan. Ushbu taom asta-sekinlik bilan boshqa davlatlarga tarqalgan. Bizning yurtimizda ham xolodesni sevib istemol qilishadi. Xolodesning koloriyasi uni retseptiga bog'liq. Xolodes kaloriyasi kam taom hisoblanadi. Tovuqli 100 gram xolodesda 120 kkal mavjud, lekin eng kaloriyasi kami mol go'shtidan tayyorlangani hisoblanadi, uning 100 grami 80 kkal gina quvvat bera oladi.
Xolodes foyda va zarari.
Olimlarning aniqlashicha ushbu taom bo'g'imlarga juda foydali ekan chunki uning tarkibida jelatin bor. Vitamin B, aminokislotalarga, retinol (ko'z nuri va miya uchun foydali)larga boy hisoblanadi.
Xolodes juda foydali taom hisoblanishiga qaramasdan uning zararli tomonlari ham mavjud. Xolosterin qon aylanishini sekinlashtirib infark va insultga olib kelishi mumkin, chunki xolodesda xolestirin juda ko'p. Shuning uchun ushbu taomni meyorida istemol qilish tavsiya etiladi, eng ma'quli 2-3 haftada bir marta hisoblanadi, o'shanda sizga hech qanday ortiqcha vazn xavf solmaydi.
Xolodes tayyorlash uchun kerakli masalliqlar:
- Mol oyog'i - 2 dona.
- Mol go'shti (qo'l qismi) - 500-700 gr.
- Sarimsoqpiyoz - 2 bosh
- Lavr yaprog'i - 4-5 dona
- Murch - 0,5 osh qoshiq
- Tuz
Tayyorlanishi:
Mol oyog'i suvda suyagidan ajralgunicha qaynatiladi. So'ng, suvdan olib, suyagidan ajratib, to'g'rab, qayta solinadi. Ustiga go'sht mayda to'g'ralib solinadi. Go'sht pishgach, tuz va ziravorlar, to'g'ralgan sarimsoqpiyoz solib, yana 5-10 daqiqa qaynatiladi.
So'ng, shakl berish uchun idishlarga quyilib, sovutiladi.
Eslatma:
Bezak uchun piyola tubiga qaynatilgan tuxumdan, anor donachalaridan foydalanish mumkin. Shakl berish uchun baklajkani tubini kesib ishlatish mumkin. Yodingizda bulsin, baklajka erib ketmasligi uchun xolodes biroz sovigan bo'lishi lozim.
Yoqimli ishtaha!