Mazali pishiriq choco rulet tayorlash.
Choco rulet tayorlash
Kerakli masalliqlar
Xamiriga:
- tuxum 3 ta
- shakar 120 gr
- un 60 gr
- rаzriхlitеl 0,5 ch.q.
- vanlin 1 chimdim
- tuz bir chimdim
- kаkао - 2 osh q.
Krem:
- tvorog 200 gr
- shakar upasi 3 osh q.
- saryog' 1 osh q.
- kоkоs strujkasi (qirindisi) 2 osh q.
- smеtаnа 3 osh q.
Tayyorlanishi:
Tuxumni shakar bilan ko'pirtiring. Tuz va vanilin ham qo'shib 7 daqiqa davomida ko'pirtiring. Unni razrixlitel va kakao bilan aralashtirib elang. Endi tuxumli aralashmaga qo'shing. Listga maxsus qog'oz to'shab yog'lang. Ustiga xamirni soling va qizdirilgan duxovkada 180 'C da taxminan 40-45 daqiqa pishirishga qo'ying. Ungacha krem uchun barcha masalliqlarni aralashtirib krem tayyorlang. Tayyor biskvitni qog'ozdan ehiyotkorlik bilan ajratib ozgina iligach ohista o'rab 5-7 daqiqaga olib qo'ying. Keyin ichiga krem surib xoxishingizga ko'ra bezang. Ruletni muzlatgichga 1 soatga olib qo'ying.