Asal ming dardga davo.
Oyoq og'rig'ining davosi asal - boshidan o'tgan tabib Keksa yoshli kishilar oyoq og'rig'i va bo'shashishdan juda ko'p noliydi. Bu o'zimning ham boshimdan o'tgan. Shu bois bunday bemorlarga asalli kompress qilishni tavsiya etmoqchiman. Bu kompressni bog'lashdan oldin oyoq iliq suvda yaxshilab yuviladi va sochiq bilan artib, quritiladi. Keyin toza asal surtib, mahkam bog'lab qo'yiladi. Bu kompress bir sutka davomida echilmaydi. Keyin oyoq terisida qolgan asal qoldiqlari iliq suvda chayib tashlanadi va yana asalli kompress qilinadi. 5-6 kundan so'ng oyoq og'rimay qoladi.
- Kechqurun bir kosa ovqat o'rniga likopchada qirilgan sabziga ozgina asal aralashtrib esangiz yoki qizil lavlagini qirg'ichdan o'tkazib ozgina asal qo'shib tanavvul qilsangiz ham foydalidir. Ushbu muolajadan qon tozalanadi, ich yurishi yaxshilanadi , quvvat bag'ishlaydi. Yo'tal va balg'am ajralishi kamayadi, uyqu yaxshilanadi, o'zini engil his qilinadi.
- Asal - terlatuvchi, immunitetni mustahkamlovchi va antibakterial xususiyatga ega bo'lgani uchun ham haroratni tushiruvchi hisoblanadi.
- O'RVI (o'tkir respirator virusli infektsiyalar) chalinmaslik uchkn bir dona limonni 1 daqiqa davomida qaynoq suvga butunligicha botirib oling. So'ngra uni blenderda maydalab, ustiga ikki osh qoshiq tabiiy asal va bir osh qoshiq saryog' solib aralashtiring. Hosil bo'lgan shifobaxsh masalliqni kun davomida nonga surtib eyish darkor. Chanqasangiz, issiq-issiq choy iching.
-Bilasizmi? Asal umrboqiy ekan. U xech qachon aynimas ekan. Bir necha ming yillik asalni ham esa bo'larkan. Asal ari esa butun umri davomida 1 2 qoshik asal yig'a oladi.
- Uyqingiz qochdimi? Yotish oldidan yarim piyola qovoq sharbatiga bir osh qoshiq asal solib ichsangiz, surunkali uyqusizlikdan xalos bo'lasiz. Chunki bunday sharbat asab tizimini tinchlantirib, organizmga huddi uyqudoridek ta'sir ko'rsatadi...
- Erta saharda anor, tushda piyozli ovqat, kechqurun uxlash oldidan asal yeyilsa, qon ko'z yoshidek tiniq bo'ladi. Bu, yurak faoliyat uchun juda zarur.
- Prostata adenomasini davolash uchun… 500 gr. pishirilmagan qovoq urug'ini go'shtqiymalagichdan chiqarib, 200 gr. asal bilan aralashtiring. Hosil bo'lgan aralashmadan kichik sharchalar yasab, muzlatkichda saqlang. Kuniga 2 mahal 4-5 tadan ovqatlanishdan oldin sekin-asta chaynab iste'mol qiling.
Yuzni tozalash uchun - mayda qirg'ichdan yarimta tozalangan bananni o'tkazib bitta tuxum sarig'i va 1 choy qoshiq smetana solib aralashtiring. Niqobni yuzingizga surting va 20 daqiqadan so'ng iliq suvda yuvib tashlang.
Soch jilosi - Bitta tuxum sarig'i, 1 choy qoshiqdan shampun va asal solib aralashtiring. Soch va bosh teringizga surtib maxsus shapka kiying va sochiq bilan o'rang. 30 daqiqadan so'ng yuvib tashlang. Bu niqobdan so'ng sochingiz yanada jiloli bo'ladi.
Sochni mustaxkamlash uchun 1 osh qoshiqdan asal, aloe sharbati, soch balzami va bitta tuxum sarig'ini aralashtirib soch va bosh terisiga surting. Boshingizni sochiq bilan o'rang. 20 daqiqadan so'ng iliq suvda yuvib tashlang.
Sochlar "Gullashi"ning oldini olish - sochlar noto'g'ri tarash natijasida, turmaklovchi asboblardan ko'p foydalanganda «gullay» boshlaydi.
Piyozli niqob: bir dona o'rtacha kattalikdagi piyozni qirg'ichdan chiqaring, 2 osh qoshiq asal qo'shing. Aralashmani sochlaringizga surting, ayniqsa, soch uchlariga ahamiyatli bo'ling. Polietilen qalpoqcha kiyib, issiq sochiq bilan boshingizni o'rab oling. 20 daqiqadan so'ng sochlaringizni yuving va limon sharbati qo'shilgan suvda chaying. Niqobni haftasiga ikki marta takrorlab turing. Singan, fen va dazmol sabab jilosini yo'qotgan sochlarni tiklash uchun haftasiga 2 marta ushbu niqobdan foydalanish tavsiya etiladi. 1 dona ko'pirtirilgan tuxumni 1 choy qoshiq suyuq asal va 2 choy qoshiq o'simlik yog'i bilan aralashtirib, 30 daqiqaga sochlaringizga surtib qo'ying. So'ngra shampun bilan bemalol yuvishingiz mumkin.
Kamqonlik aniqlangan bo'lsa, mayizni eyish bilan barobar uning suvini ichish ham tavsiya etiladi. Buning uchun 10 dona mayizni piyolaga solib, ustidan yarim stakan qaynatib ilitilgan suv quying. Piyola ustini yopib, ertalabgacha qoldiring. Och qoringa mayiz suvini ichib tursangiz gemoglobin miqdori normallashadi. Xastalikdan keyin quvvatni tiklash uchun mayiz, yong'oq va asal aralashmasi tavsiya etiladi. Teng miqdorda yong'oq va asalni go'shtqiymalagichdan o'tkazib, ta'bga ko'ra asal bilan aralashtirib olasiz. Nonushta vaqti 1-2 choy qoshiqdan iste'mol qilib tursangiz kifoya.
Tabiiy, foydali ichimliklar ichamiz. Na'matak damlamasi, zanjabil, limon va asal qo'shilgan choy hamda turli o'tlar damlamasi organizm himoya tizimining ishga tushishiga ko'mak beradi. Xastalikdan keyin quvvatni tiklash uchun mayiz, yong'oq va asal aralashmasi tavsiya etiladi. Teng miqdorda yong'oq va asalni go'shtqiymalagichdan o'tkazib, ta'bga ko'ra asal bilan aralashtirib olasiz. Nonushta vaqti 1-2 choy qoshiqdan iste'mol qilib tursangiz kifoya.