Shokoladli ''BRAUNI'' pishirig'ini tayorlash.
Ayni shokoladli pishiriqlar ixlosmandlari uchun ajoyib retsept, shokoladli braunini tayyorlaymiz.
Masalliqlar.
Biskvit uchun:
- 1 st shakar
- 2 st un
- 5 o/q kakao
- 1,5 ch/q soda
- 1 st sut
- 1 st qaynoq suv
- 2 dona yirik tuxum
- 0,5 st eritilgan margarin
Krem:
- 1 st sut
- 0,5 st shakar
- 1 ta tuxum
- 2 ch/k kartoshka kraxmali
- vanilin va kakao
Tayyorlanishi.
Tuxum oppoq bo'lgunicha ko'pirtiriladi. Shakar ham solib ko'pirtiriladi. Sut va eritilgan margarin solib aralashtiriladi. Aloxida idishda un, soda, shakar va kakao aralashtirib olinadi. Shakardan boshqa maxsulotlar elab olinadi. Tuxumli massaga unli aralashma qo'shib, aralashtiriladi. Oxirida qaynoq suv ham qo'shib ko'pirtiriladi. Massa smetanadek suyuq holatda bo'ladi. Yog' surtilgan qolip yoki listga solib pishiriladi. Listdagisi 35 daqiqalarda, qolipdagisi esa 45-50 daqiqalarda toki usti qotgunicha pishirib olinadi
Krem:
Sutga shakar va kraxmal solinadi. Olovga qo'yib, aralashtirib turgan holda tuxum qo'shiladi. Sal quyilgach, olov o'chiriladi va kakao qo'shiladi. Sovugan biskvit 2 ga bo'linadi va krem surtiladi Istalgancha bezatiladi.