Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
31 дек 08:44Pazandachilik

Bayram dasturxonida ovqatlanish tartibi.

Yangi Yil dasturxoni

Bayramlar ichida eng orziqib kutiladigani bu - Yangi yil bayrami hisoblanadi. "Yangi yilni qanday kutib olsang, yil davomida ham xuddi shunday kayfiyatda yurasan" degan naqlga amal qilgan xolda barcha insonlar iloji boricha yangi yil kirib keladigan kechani to'kin sochinlikda kutib olishga harakat qilishadi. Chunki kirib kelayotgan yilda ham dasturxonimizdan baraka arimasin degan yaxshi niyatlarni ijobat bo'lishi uchun shunday shohona dasturxon bezaladi.

Shu kuni dasturxonga bir necha xil bir–biridan shirin, ishtaha ochar yeguliklar tortiq qilinadi.

 

Bu esa oshqozon uchun og'irlik qilishi turgan gap. Ma'lumotlarga ko'ra, bayram arafasida jigar va oshqozon osti bezi kasalliklari bo'lgan bemorlarimizda ushbu xastaliklarni zo'rayishi kuzatilgan. Eng noxush tomoni esa yil davomida to'g'ri ovqatlanish tartibiga rioya qilayotgan ayollarimiz ham aynan shu kuni barcha cheklovlarni bir tomonga yig'ishtirib qo'yishadi. Natijada esa bir kunlik bayramdan so'ng ertasiga 1,5-2,0 kg gacha vazn yig'ib olishlari ma'lum bo'lgan. Bu organizm uchun juda katta siljishlarga olib keladi. Ma'lumki bayram dasturxonidagi turli noz-ne'matlarni iste'mol qilish oshqozonga ham og'irlik qiladi va uni ishlash faoliyatini yomonlashishiga olib keladi, sababi bir taom hazm bo'lmasdan ketma-ket yana bir necha hil salatlar, turli gazaklar, issiq ovqatu, somsalar, shirin gazli ichimliklar va nihoyat shirinlik so'ngida esa ovqatni hazmini "yaxshilaydi" degan fikrda mevalar iste'mol qilinadi. Bunday ketma-ketlikda tushgan ovqatlar oshqozon harakati-peristal'tikani sustlashtiradi va ovqat hazm bo'lmay ortiqcha vazn to'planishiga sabab bo'ladi.
Buni oldini olish uchun quyidagi bir necha foydali tavsiyalarni sizlarga havola etamiz:

 

  • Kun davomida kechki dasturxon atrofida o'tirishni kutib och qolmaslik juda ham muhim, chunki barcha uy bekalari "kechqurun hamma bilan ovqatlanaman" - deb kuni bilan hech narsa iste'mol qilmaydilar.

  • Dasturxon atrofiga barcha oila a'zolari jamlanganda eng avvalo suyuq ovqat iste'mol qilinsa juda maqsadga muvofiq hisoblanadi.

  • Taomlanish orasida tanaffuslar bo'lishiga ahamiyat bering. Hech bo'lmaganda raqsga tushishni tavsiya beramiz. Bu paytda "shodlik garmonlari" miqdori ko'payadi.

  • Ketma-ket ovqat iste'mol qilinganda hammasi tarkibida foydali vitaminlar bo'lsa ham ularni hazm qiluvchi fermentlar etarli bo'lmaydi va ular faqat oshqozonni to'ldirib turish vazifasini bajaradi.

  • Issik ovkatlar orasida ko'k choy iching. Ovqatlar orasida ko'katlar iste'mol kilib turing, bu ovqat hazmini yaxshilaydi.

  • Agar bayram kuni ko'proq ovqat iste'mol qilib qo'ysangiz, ertasiga nonushta qilmang.

  • Quyuq ovqatlar orasida sabzavotlardan tayyorlangan mayonezsiz salatlar iste'mol qiling. Bu narsa ishtahangizni jilovlab, ko'p ovqat eb qo'yishni oldini oladi

  • Bayram kunlari o'zingizni sog'lom his etib bardam va tetik yurishni istasangiz albatta to'g'ri ovqatlanish tartibiga rioya etishingiz zarur.
Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: