Salat "mujskoy kapriz" - yangi yil dasturxoniga.
Salat "Mujskoy kapriz".
Bu salat tarjima qilinganda qiziq bir ma'noni bildirar ekan, shunday qilib uning nomi "erkaklar harxashasi". Demak bu salat ajoyib gazak sifatida ham bayram dasturxonimizni boyitishi shubhasiz. Ayniqsa uyimiz beklari ushun ayni muddao.
Masalliqlar:
- 2 portsiya uchun
- 1 dona piyoz
- 100gr mol go'shti yoki mol tili
- 1 osh qoshiq 3% sirka
- 2 dona qaynatilgan tuxum
- 50 gr sir
- konservalangan shampinyon
- 4 osh qoshiq mayonez yoki qaymoq
Tayorlanishi:
Go'shtni 0,5litr suvda qaynatamiz, piyozni po'stini tozalab halsasimon qilib to'g'rab olamiz va piyozni sirka bilan marinovka qilib olamiz. Qaynatilgan tuxumni qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz. Sirni ham qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz. Go'shtni mayda qilib to'g'rab olamiz va (piyoz, go'sht, shampinyon, tuxum, sir) shu tariqa ketma-ketlikda orasiga mayonez surib, idishga joyliymiz. hoxishingizga ko'ra shampinyon qo'ziqorini ham solsangiz bo'ladi. Mazali salat tayor, bayram dasturxoniga marhamat!