Загрузка...
Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQ-AYIQ.NET посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQ-AYIQ.NET в Закладки.
19 ноя 13:30Munajjimlar bashorati

Qisqichbaqa burji (22.06-22.07).

Qisqichbaqa burji

Umumiy ta'rif: Qisqichbaqa Oy hukmronligi ostida bo'lgani uchun sirli burj sanaladi. Bu burj vakillari ochiqfe'l bo'lishadi, orzu qilishni yoqtirishadi. Ularning fe'l-atvorlari atrofdagilarga tushunarsiz va g'alati ko'rinishi mumkin. Qisqichbaqalarning asab tizimi nozik ichki sezish qobiliyatlari yaxshi rivojlangan bo'ladi.

Qisqichbaqalarning kulgisi «yuqumli». Ularning quvnoqligi bosiq fe'li bilan uyg'unlashib ketadi. Lekin quvnoqligidan tashqari ular melanxoliyadan ham aziyat chekishadi. Ularning tushkunlikka tushishlari haqida gapirmasa ham bo'ladi. Sirli qo'rquv xissi ularni kechayu kunduz ta'qib etadi.

Qisqichbaqalar juda ham «tegmanozik» bo'ladilar, ularni xatto oddiy ko'z qarash bilan ham xafa qilib qo'yish mumkin. Ko'z yoshlari samimiy bo'ladi. Qisqichbaqalar qasoskor, o'zlarini xafa qilgan kishidan yashirincha qasd oladilar. Odatda, juda ham vatanparvar va sir saqlay oladigan bo'lishadi. Ularning nimalarni o'ylayotganini bilish qiyin. Qisqichbaqalar o'z xayotlarini muhokama qilishni yoqtirishmaydi. Pul jamg'arishni yaxshi ko'radilar. O'ta tejamkor bo'lishadi, masalan ular hech qachon tushlikdan qolgan ovqatni tashlab yuborishmaydi.

Erkak Qizsqichbaqa haqida

Erkak Qisqichbaqa burji sohiblari.

Birinchi uchrashuvdayoq uning ko'nglidagi xamma gaplarini bilib olaman, deb xomtama bo'lmang. U hech qachon notanish kishilarga ishonib, borini to'kib solmaydi. Uning qanaqaligini bilishingiz uchun ko'p vaqt sabr kerak bo'ladi. Unutmang, Erkak Qiskichbaqa O'zini tutishidan qo'pol va begonasirayotgandek ko'ringani bilan u juda mexribon va g'amxo'r.

Erkak Qisqichbaqa yaxshi pul topadi. Agar u bilan birga turmush qurgan bo'lsangiz, omadim bor ekan, deyavering. Xayotingizda turli xil ziddiyatlar bo'lishi mumkin, lekin moddiy tomondan deyarli muammolar tug'ilmaydi. Shunday ekan, xayotingiz ham yomon bo'lmaydi. Moliyaviy tashvishlarni hal qilish uni bolalik chog'laridanoq qiziqtiradi. Pul yig'ish pulni ishlatishdan ko'ra unga ko'proq yoqadi.

Kumush, oltin jarangi va pullarning shitirlashi Erkak Qisqichbaqaning asabini tinchlantiradi. Tejamkorlik xususida uning o'z tushunchasi bor. U arzon oshxonalarni rad etib, puliga arziydigan lazzat olish uchun sizni muxtasham restoranga boshlab boradi. Shuningdeq qimmatbaxo mo'ynali po'stin chidamliroq, chiroyliroq bo'lganda arzon paltoga pul ishlatishni o'rinsiz deb biladi.

Agar onasining didi sizniki bilam bir xil bo'lsa, xursandchilikdan chapak chalavering, chunki keyingi suxbatlarda bu xaqda tez-tez eslanadi. Masalan: «Mening onam juda chiroyli bo'lsa-da, unda xech kachon buncha kosmetika bo'lmagan. Qanday o'ylaysan, kipriklaringni juda ham bo'yab yubormadingmikan?» yoki «Sen bugun bo'g'irsoq sotib olib kelibsan, mening onam esa tortlarni ham o'zi pishirardi».

Ayol Qizsqichbaqa haqida

Ayol Qisqichbaqa burji sohibalari.

Avvaliga Ayol Qisqichbaqalarni tushunishda sal qiynalasiz: u sezgir va latofatlimi yoki shunchaki tinib tinchimasmi? Lekin bu fikrlar savolligicha qolib ketaveradi. Vaqti-vaqti bilan uning qovog'idan qor yog'ib, tushkun kayfiyati sizga ham o'tishi mumkin. Ba'zida esa tabassum qilib, sizni o'z nazokati bilan qamrab oladi.

Ayol Qisqichbaqa sal telbasifat bo'ladi. Uning xamma vaqt saqlab qo'ygan pullari bo'ladi. U tushkunlikka tushgan vaqtlarida, o'zini baxtsiz xis qilganida pullarini ishlata boshlaydi. Biroq uning daromadi chiqimlaridan xamma vaqt ko'p bo'ladi. U sizning xisobingizdagi mablag'ga ham befarq bo'lmasligi mumkin, davlat, mol-mulk uni doim qiziktirib kelgan va bu Ayol Qisqichbaqa uchun sevimli suhbat mavzusi. Bunday ayolga qimmatbaxo sovg'a bersangiz-u, kerak emas edi, desa, bilavering, u buni chin dildan aytyapti.

Ayol Qisqichbaqa uni tanqid qilishlarini yoqtirmaydi. U atrofdagilarga kulgili ko'rinishdan qo'rqadi, ayniqsa uni xayot so'qmoqlarida yolg'iz tashlab ketishlariga chidab turolmaydi. U kamdan-kam hollarda ochiqchasiga tajovuzkor harakat qiladi. Har doim ikkilanadi, shu sababli munosabatlarni davom ettirish uchun birinchi qadamni o'zingiz tashlashingizga to'g'ri keladi. Ayol Qisqichbaqaning onasiga nisbatan extiromingizni izxor qiling. Ona u uchun haqoratlanmasligi kerak bo'lgan inson.

Ayol Qisqichbaqa ajoyib pazandadir. Oshxona uning eng sevimli joyi. Ayol Qisqichbaqa hamisha qo'rquvda yashaydi. U doim meni sevadimi, deb o'ylaydi. Biroq erkakka o'z sevgisini isbot qilishi juda oson, shu boisdan unga tez-tez muhabbatingizni izxor qilib turing. Siz uning ko'nglini ishg'ol etganingizdan so'ng, umrining oxirigacha sizdan ayrilmaydi.

Похожие новости:
Egizaklar burji (21.05-21.06). Egizaklar burji (21.05-21.06). Munajjimlar bashorati Buzoq burji (21.04-20.05) Buzoq burji (21.04-20.05) Munajjimlar bashorati
Загрузка...
Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Партнеры
Загрузка...
Личный кабинет