Latifalar, 2-to'plam.
Latifalar, 2-to'plam.
............................................................................................................
Bir odamning yong'in paytida ikkita qulog'i ham yonib ketibdi, o'ylab o'ylab oxiri boshqa quloq qo'ydiradigan bo'libdi. Unga operatsiya qilib boshqa quloq o'rnatishibdi, hammasi yaxshi chiqibdi. Kunlardan bir kun u doktorga qo'ng'iroq qilibdi
- Doktor, nima menga ayollar qulog'ini o'rnatdingizmi debdi.
- ima qildi bironta muammo bormi, mana yaxshigina eshitayapsiz, desa
- Eshitganda yaxshigina eshitaman, lekin hech nimaga tushunmayapman, bittasidan kirib ikkinchisidan chiqib ketyaptida dermish.
............................................................................................................
— Ha o'rtoq, kayfiyating yo'q?
— Ey, xotinim yana janjal qilyapti.
— Nega?
— To'rt yuz ming oylik yosh oilaga etmaydi deydi.
— Tejab ishlatsa etadi.
— Men ham shuni aytamanda. U bo'lsa «etmaydi, siz ham ishlang» deyaveradi.
............................................................................................................
— O'g'lim, akvariumdagi suvni yangiladingmi?
— Yo'q, oyijon! Baliqchalar hali suvni ichib bo'lishmabdi
............................................................................................................
Ovchi o'rmonda ov qilayotib, katta chuqurga tushib ketibdi. Uyoq-buyog'ini qoqib, tepaga qarasa, miltig'i tepada qolibdi.
qo'rqib, — qaysi hayvonni ini ekan? - deb o'tirsa, uya ichidan ayiq bolasi chiqib kelibdi:
— hoy kichkina, adang uydami? - debdi.
— Yo'q, asal qidirib o'rmonga ketgan.
— Onang-chi?
— Oyim ham ketgan, - desa, ovchi sal o'ziga kelib, ayiqchani bir tepib, — Tur-ey padaringga la'nat!, - desa, ayiq bolasi:
— Bobojon bu yoqqa chiqing, manavi meni urdi, -debdi.
............................................................................................................
Bir erkakni xotini kasal bo'lib yotib qolibdi. Erini chaqirib:
— Agar o'lib qolsam, nima qilasiz? — debdi.
— o'lmay qolsang nima qilaman xotin? — dermish eri yig'lamsirab.
............................................................................................................