Latifalar - №1
Latifalar, 1-to'plam.
............................................................................................................
-adasi sovuq ham tushib qoldi bollarni qachon kiyintiramiz?
bozor tushish kerak!
- kecha hisoblab ko'rdim, bollarni 3 oyga issiq o'lkalarga junatsak arzon tushar ekan, xotin...
............................................................................................................
Bir bolakay maktabga ketayotsa, yoniga taksi kelib to'xtabdi-da:
— O'tir olib borib qo'yaman, - debdi haydovchi bolaga rahmi kelib. Bolakay mashinaga chiqibdi-yu, haydovchiga savol bera boshlabdi:
— Otam harbiy, onam militsiyada ishlasa, men kim bo'laman?
— Yaxshi harbiy bo'lasan.
Bolakay yana so'radi
— Agar otam o'qituvchi, onam esa bog'cha tarbiyachisi bo'lsa, men kim bo'laman?
Haydovchi:
— Murabbiy bo'lsang kerak.
Shunday qilib bolakay savol beraveribdi. Oxiri haydovchi jahli chiqib, bolaga o'girilibdi-da:
— Agar otang bema'ni, aroqxo'r, qimorboz bo'lsa, onang betayin buzuqi bo'lsa, sen kim bo'lasan?
Shunda bolakay:
— Taksichi bo'laman, - degan ekan.
............................................................................................................
— Allo, bu 2000909 mi?
— Yo'q adashdingiz!
— Unda nega go'shakni ko'tarding ahmoq.
............................................................................................................
Xotini ko'zgu oldida o'ziga oro berib eriga maqtana boshlabdi:
— Bilasizmi? Bugun kosmetologga borgandim. U meni yuzimni 18 yoshli qiznikiga o'xshatdi.
Eri ensa qotirib:
— 48 yoshli ajinlaring haqida hech nima demadimi, - desa, xotini jahl bilan:
— Yo'q! Sizni so'ramadi, - dermish.
............................................................................................................