Navoiy hikmatlari (mag'zini chaqib oling).
NAVOIY HIKMATLARI
- Sen agar birovdan yo'l-yo'riq o'rganmoqchi bo'lsang-u, bu nasib etmasa, sen shunda ham umidsiz bo'lma va Allohning inoyatidan bahramand bo'lish niyatidan qaytma.
- Sen agarda yo'lga chiqqan mard inson bo'lsang, nopok nafsingdan kech va shu mahalning o'zida pok kishilar yurgan to'g'ri yo'lga chog'lan.
- Bu yo'lga kirayotganingda avval tavba-tazarru yoshlari bilan butun badaningni pokla. Yaxshi tomoni shundaki, Yaratgan (o'z ishidan) pushaymon bo'lganlarni pushaymon qildirib qo'ymaydi (o'tgan ishlarning domiga tashlab qo'ymaydi).
- Nafsingni turli riyozatlarga buyurmasdan turib, uning illatlari ustidan hukmron bo'lishing mumkin emas.
- Aytaylik, nafsing senga bo'ysundi, lekin bu hali qiyinchilik, mashaqqatlar butunlay chekindi, degani emas (sen nimaniki mushkul deb bilgan bo'lsang, bundan ham ortiq mushkulliklar bor).
- Dil dengizida ketma-ket keladigan to'fonlar xatari borligidan bilgilki, agar sen ham zararli tug'yonlarga berilsang, ko'ngil kemasi g'arq bo'lishi mumkin.
- Sen toat-ibodatni yuz karra o'rniga qo'ysang-u, unga riyo yuqqan bo'lsa, uni toat dengizi emas, gunoh dengizi deb bil.