Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
29 янв 11:44Hikoyalar

Ota-ona sotilmoqda.

Ota-ona haqida

Ushbu voqea Yaponiyada sodir bo'lgan edi. Tokiodagi poytaxt gazetalaridan biriga quyidagi e'lon joylashtirilgan edi: "Ota-ona sotilmoqda: ota 70 yoshda, ona esa 65 yoshda. Narxi - 1000 yen, 1 yen ham o'tib berilmaydi!"

 

Ushbu g'alati e'lonni o'qib odamlar hayratlanishardi: "Qanaqa zamonlar keldi-a! Farzandlar o'z ota-onalarini sotishsa-a". Boshqalar esa "Qanday qilib hukumat bunga yo'l qo'ymoqda?! deya qo'shimcha qilishar edi. Ushbu e'lon juda ko'p shov-shuvga sabab bo'ldi. Bunaqasi hali bo'lmagan deb uni har yerda qizg'in muhokama qilishar edi.

 

Gazetadigi bu e'lon ota-onasi aviahalokatda halok bo'lgan bir yosh oilani qo'liga kelib tushdi. U oila azador holatda edi va bu e'lon ularga qo'rqinchili tuyuldi. Sotilayotgan ota-onalar bundan qanday yomon ahvolga tushishganligini tasavvur qilib ko'rishdi. Bunday farzandlardan nima ham kutish mumkin? Ular qariyalarni sotib olib, mehr-muhabbat berishga qaror qilishdi. Ular kerakli mablag'larni olib aytilgan manzilga yo'l olishdi. Yoshlar aytilgan manzildagi gullar bilan o'ralgan muhtasham villani ko'rib, e'londa xatolik ketgan shekilli deb o'ylashdi. Lekin baribir qo'ng'iroqni bosishga jur'at qilishdi. Ularga yoshi kattaroq, yoqimli tabassumli bir sohib eshikni ochdi.

 

Ular gazetadagi e'lon haqida, ota-onalaridan ayrilib qolganligi va o'sha qariyalarni sotib olishmoqchi ekanligi haqida aytib berishdi. Ular janobdan manzilda adashib ularni bezovta qilganliklari uchun uzr so'rashdi.Qariya hayojanlib ketib: - Yo'q, siz adashmadingiz, ichkariga marhamat! Hozir ayolimni chaqiraman dedi.

 

U tezda ayoli bilan qaytib kelib, vaziyatni tushuntirib bera boshladi: - Bilasizmi biz bu uyning egalarimiz. Bizda bundan boshqa ham qimmatbaho mulklarimiz bor. Lekin bizni farzandlarimiz yo'q, shuning uchun biz boyliklarimizni yaxshi insonlarga qoldirishni xoxlardik. Shu sababli biz mana shunday e'lon berdik. Loyiq insongina bunday e'longa e'tibor qarata olishiga ishondik.

Rostini aytganda, biz bunday mahsulotga haridor chiqishiga shubhalangan edik. Sizning istagingiz sizga-shuhrat, bizga esa xursandchilik olib keldi. Biz ishonamizki, aynan siz bizning barcha yiqqanlarimizni tashlab ketishimizga loyiq insonlarsiz!

Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: