Sahovatli inson ehsoni.
Ertalab ishga ketayotsam ko'chadagi panjaraga kimdir eski lekin qalin jemper ilib qo'yibdi. Uning tagida qog'ozda quyidagi yozuv yopishtirilgandi: men bir kambag'alman. Qishda qattiq sovqotdim. Lekin kimdir mendanda g'arib bo'lishi, mendanda ko'proq sovqotishini o'ylab bor yo'g'im bo'lgan bu jemperni tashlab ketyapman. Kimdir kiyib foyda ko'rsa xursand bo'laman.
Xamma to'xtab bu yozuvni o'qib o'tar edi. Kechki payt ishdan qaytayotsam o'sha panjarada turli tuman qimmatbaxo kiyimlar ilib tashlangan. Devor tagidagi katta korobkada esa turli poyabzallar solingan edi. Ko'zim pastroqa ilingan yozuvga tushdi: man juda boyman. Hech nimaga zoriqmaganman. Qishda ham sovqotmaganman. Lekin sening yozuving xuddi men uchun yozilgandek ekan.
Sening jemperingni kiydimu xuddi nafaqat tanamga balki yuragimga ham iliqlik kirdi. Endi bu jemperni har qishda kiyaman chunki u menga dunyoda sendek bag'rikeng, mehri daryo insonlar borligini eslatib turadi. Ehsoningni esa Allox dargoxida kabul qilsin saxovatli do'stim.