Загрузка...
Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQ-AYIQ.NET посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQ-AYIQ.NET в Закладки.
25 дек 12:29Hikoyalar

Hikmatli so'zlar hazinasidan.

Загрузка...

Hikmatli so'zlar foto

Hikmatli so'zlar - bu insonni yaxshilikga yetaklovchi so'zlardir.

- Baxtli sevgi o'n kun davom etadi, o'n birinchi kun ko'zingiz ochiladi.

- Dard kuchli irodaga ega insonlarni o'ldirishi mumkin, ammo sindirolmaydi.

- Men tildan qolgan emasman, biroq hech o'zim istagan gaplarimni gapira olmayman.

- G'azab vaqti qabul qilingan qarorlar vaziyatni faqatgina yomonlashtiradi.

- Hamma ayb tarbiyada emas, inson aqlini tanigach har qanday holatda ham o'z-o'zini qayta tarbiyalab olishi mumkin.

- Bugun bajarmaslik ertangi huzur-halovatni yo'qqa chiqarishdir.

- Maqsadga yarasha intilish ham bo'lishi zarur.

- Inson ongli mavjudod, chegara esa hayvonlarga kerak.

- O'zingizni ko'p qiynamang, ba'zi bir odamlar hech qachon o'zgarmaydi, ularni o'zgartirish uchun qalbini almashtirish kerak.

- Hayotda pessimist emas optimist bo'ling, zero, siz ko'zguga qanday boqsangiz u ham sizga shunday boqadi. Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, g'urbat izlaganga g'urbatdir dunyo!

- Ilmli kishining hayot tashvishlaridan holi bo'lgan holda yagona maqsadi bo'ladi u ham bo'lsa ko'proq ilm olish!

- Fursat borida ilm o'rgan! Ilm kerak bo'lganda fursat bo'lmasligi mumkin!

- Sening yolg'onlaring hayotingga shunchalik chuqur kirib bordiki, hatto o'zing haqiqatni aslida qanday ekanligini ajrata olmay qolding.

- Kechagi o'tgan kuningni sarhisobini bugun qilasan! Baxt bu doim ham xursandchilik yoki farovonlik degani emas. Bazida baxt sen baxtsizlik deb ataydigan muhitda tug'iladi. Hayotning har bir daqiqasi sen uchun bir imtihon ekanligini unutma.

- Kechagi kun o'tmish, bugungi kun sir, ertangi kun esa sovg'a.

- G'oya izlang! uni hayotingiz mazmuniga aylantiring, u haqida o'ylang, u haqida orzu qiling, uni ichida yashang. Sizni aqlingiz, muskullaringiz, asablaringiz va tanangizni har bir a'zosi ushbu birgina g'oya bilan to'lib toshsin. Mana shu muvaffaqiyat yo'lidir!

- Vaqt - bu insoniyat boyligidir. Faqat uning moddiy boylikdan yagona farqi shundaki, hisobingda qancha qolganini nazorat qila olmaysan.

- Har birimiz xato qilishdan xoli emasmiz. Ammo shunday insonlar borki, ular bir xatoni qayta-qayta takrorlayveradilar. Michigan universitetining klinik psixofiziologiya kafedrasi olimlari xato qilish borasida odamlar ikki toifaga bo'linishlarini aniqlashdi. Birinchi toifadagilar ruhan "Men bu borada hech qachon zo'r bo'la olmayman" qabilida ish tutishadi. Ikkinchi toifadagilar esa quyidagicha fikr yuritishadi: "Negadir o'xshamadi. Balki men xatoga yo'l qo'ygandirman? Qayerda xato qilganimni aniqlashim kerak".
- Aqlli, omadli odamlar xatoga yo'l qo'ymaslikdan kafolatlanmagan, faqat ular o'z xatolaridan xulosa chiqarishadi. Aqlli odamlar quyidagi xatolarni hech qachon takrorlamaydilar.

- Hech narsa qilmay qo'l qovushtirib o'tirgandan ko'ra 100 martalab xato qilib biror natijaga erishgan afzalroqdir.
- Boshqa natijani kutib bir ishni qayta-qayta qilish
Albert Enshteyn faqat ahmoqlargina boshqa natija bo'lishiga ishonib bir ishni qayta-qayta qilishlarini ta'kidlagan. Oqibati qanday bo'lishi aniq bo'lsa ham ayrimlar ikkini ikkiga qayta-qayta ko'paytiraversa besh chiqadi, deb o'ylashadi. Aqlli insonlar esa bilishadi: boshqa natijaga erishish uchun bu ishga boshqacha yo'l bilan yondashish kerak.

- Yaxshilik qilaylik zero bizdan yaxshilik qolsin yaxshilar.

- Yosh o'tib borgan sayin ongli ravishda muayyan pog'onada tura bilmoq kerak.

- Insonning narsalarga va boshqa odamlarga nisbatan munosabati o'zgarganida, ularning ham odamga munosabati o'zgarib qolishini odamzot anglab olgan... Shuning uchun odam qat'iy ravishda o'z fikrlarini o'zgartirishi shart, ana o'shanda u hayrat ichida o'z hayotidagi maishiy sharoitlar tezlik bilan qanday o'zgarayotganini ko'radi. Odamlarni ular xohlagan narsalar emas, balki xudo ato etgan taqdir, o'z - o'zimizda mavjud bo'lgan narsalar belgilab bergan... Bu bizning to'laqonli mohiyatimizdir... Inson qo'lga kiritganlarining bari - uning shaxsiy fikrlarining to'g'ridan-to'g'ri mahsulidir... Inson o'z fikrlarini yuksaltirgan holdagina balandlikka ko'tariladi, g'alaba va yutuqqa erishadi. Aksincha, o'z fikrlarini yuksaklikka ko'tarishni xohlamas ekan, u zaif, bechora va baxtsiz bo'lib qolaveradi.

- Inson dunyoga kelishini o'zi belgilamagan. Shunday ekan bu dunyodan ketishni ham belgilashga haqqi yo'q.

Ibratli Hikoya Albatta O'qin.

Bir kambag'al bechora yo'lda ketayotsa oldidan bir xamyon chiqibdi ichini ochib qarasa, bir tiyin tanga bor ekan, kambag'al ota onam anchadan beri sut ichmagandi bu pulga ularga sut olib boraman deb o'ylab, turgan ekan xamyon og'irlashibdi..

Ichini ochib qarasa xamyonda o'n tanga turganmish.

Kambag'al:-« yo Xudo qudratingdan » deb hayron qolibdida, undan ko'ra bu pulga bitta sigir olaman, shunda ota onam farzandlarim ham, har kuni tongda sut ichadigan bo'lishadi. deb o'ylagan ekan xamyon yana og'irlashibdi....

Bu safar uni ichida anchagina pul turgan ekan kambag'al o'tgan qish ota onam rosa qiynalishgandi, sovuq xonada endi. bu pulga uyni tamirlayman degandi, xamyon yanayam og'irlashibdi....

O'shanda. kambag'al, xotinim anchadan beri bu uyda yashamayman. deb aytayotgandi, undan ko'ra, eski uyni ota onamga qoldirib. yangi uy olib ko'chib ketamiz, deb o'ylagan ekan, hamyon avvalgi xolatiga qaytib qolibdi.. ?!

Ya'ni, ichidagi xamma pul yo'qolib o'sha bir tiyin qolibdi.

Aziz OQ-AYIQ.net foydalanuvchilari bizning sizlarga atalgan hikmatli so'zlar va hikoyalar manzur bo'ldi degan umiddamiz, yoqgan bo'lsa fikrlaringiz bilan bo'lishing.

Похожие новости:
Onamdan qolgan g'alati esdalik Onamdan qolgan g'alati esdalik Hikoyalar Sahovatli inson ehsoni. Sahovatli inson ehsoni. Hikoyalar
Загрузка...
Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите два слова, показанных на изображении: *
Партнеры
Загрузка...
Личный кабинет