Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
26 ноя 08:45Hikoyalar

Haloskor qizaloq.

Qizaloq

Ota-onasidan yuz chaqirim uzoqlikdagi qishloqqa kelin bo'lib tushgan qiz, birgina ota-onasining uzoqligini va ularning sog'inch iztiroblarini hisobga olmaganda, turmush o'rtog'i bilan juda baxtli hayot kechirar edi. Yo'l olis, ota-onaning yoshlari kattaligi sabab ular deyarli qizi va nabiralarini ko'rishga kelmas, balki kuyov kelinni olib, ularni ko'rgani borishar edi. Farzandlar tug'ilib, ro'zg'or tashvishlari ortib borar ekan, ota-onani borib ko'rish muddati borgan sari cho'zilib borar, bu esa kelinning yuragini g'ash qilib, bu tez-tez kiprik namlanishi bilan nihoya topar edi.

Chamasi, 1989 yil. Jazirama yozning chillasida kelinchak erta tongda ishga otlangan eriga: “Dadasi! Men ota-onamni sog'indim! Bilaman, hozir sizning ishlaringiz juda ko'p. Agar ruxsat bersangiz, o'zim bolalarimni olib, bir necha kun ularning xizmatlarini qilib kelsam degandim”, – dedi. “Onasi, o'zing ko'rib turibsan, xozir ishlar ko'paygan mahal. Men bora olmayman. Seni o'zim olib borolmaganim uchun uzrimni ularga yetkaz va salom ayt”, – deb borishga ruxsat berdi.

Ayollar safarga chiqmochi bo'lsa, tayyorlanib olgunlaricha talaygina vaqt o'tishi hech kimga sir emas. Kelinchak emizikli bolasi va uch yoshli qizalog'ini birga olib ko'chaga chiqar ekan, hali avtobus qatnaydigan katta yo'lga chiqish uchun bir necha chaqirim yo'l yurish kerak edi. Mana shu yo'lni piyoda bosib o'tish g'ami bilan ketayotganda ortidan traktor haydaydigan qo'shni yigit: “Assalomu Alaykum, yanga! Men katta yo'lga chiqaman, agar ketsangiz, olib ketaman”, – dedi.

Yigitning gapiga javob ham bermasdan tezlik bilan unga chaqolog'ini uzatdi, qizalog'ini olib o'zi ham traktorga o'tirdi. Ular katta yo'lga endi chiqqan ham edi, tonggi vaqtdgi avtobus o'tib ketdi. Bu holat kelinchakni juda xafa qildi. Chunki u zamonlar texnika kamligi sabab avtobuslar bir kunda uch mahal qatnardi, xolos. Endi tush vaqtida keladigan avtobusni kutishdan o'zga chora yo'q. Engil mashinalar ham onda-sonda bir ko'rinib qolardi. Kelinchak kuta boshladi, soat hali olti ham bo'lmagan, keyingi avtobus kelishiga olti soatcha vaqt bor.

Quyosh ertalabdan non yopishga tayyorlangan tandirdek qizdira boshladi. Cho'lning kuydiruvchi shamoli esa yo'l ustidagi bekatning soyali joyini qoldirmasdan uchirib ketganligi sabab hech qanday soya yo'q. Oftob ostidagi ona bolalarini o'z soyasiga olib o'tirar ekan, har zomonda bitta yengil mashina o'tib ketar, yo'l chetida o'tirgan bu ayolga parvo ham qilmasdi.

Kelinchak olti soatni amallab o'tkazgan edi hamki, uzoqdan bir avtobus ko'rindi. Kelinchak shoshib bolalarini va buyumlarini tayyorladi. Avtobus kelib to'xtadi. Qarasa, ichidagi odamlar xuddi bir-birining elkasiga chiqqudek bo'lib ketgan ekan! Shu sabab avtobus eshigi ochilmayotgan edi. Endi amallab avtobus eshigi ochilgan paytda kelinchakning uch yoshli qizalog'i xuddi biror nimadan qo'rqqandek “minmayman” deb yig'lab qocha boshladi. Ona bir ahxolda uning ortidan chopar ekan, avtobus haydovchisi: “Men sizlarning quvlashmachoq o'ynashlaringizni tomosha qilishga vaqtim yo'q” degandek jahl bilan jo'nab ketdi.

Keyinroq qizini olib, avtobus ortidan har qancha “to'xta” deb yalinmasin, avtobus to'xtamadi. Bundan g'azablangan ona yig'lab: “Meni avtobusdan olib qolding”, – deya qizalog'ini ura boshladi. Ketma-ket tushayotgan zarbalarda ertalabdan tushga qadar kutish alami, qolaversa, keyingi kechki mahal keladigan avtobusda ketsa, ota-onasinikiga yetolmasligi haqidagi o'y alami bor edi.

Qizaloq onasiga: “Urmang, onajon!” – deya shu qadar yalinar ediki, uni ko'rgan odam “Bechora qiz bu ayolning qo'lida yetim ekan-da” degan hayolga borishi tayin. Qizalog'ini urib, hali humoridan chiqib ulgurmasdan bir yengil mashina kelayotganini ko'rdi va unga istamaygina qo'l ko'targandi, kelib to'xtadi. Unga boradigan manzilini aytdi. Haydovchi yo'l haqini bersa, olib borib qo'yishini aytganda ayol noiloj rozi bo'ldi. Chunki eri bergan pul taksiga emas, avtobusda borib kelishga zo'rg'a etar edi.

Ayol mashinada ketar ekan, alam bilan mungsiz yig'lar, yonida kaltak zarbidan yig'lashga ham majoli qolmagan qizini xuddi etni uzib olgudek darajada chimchilar edi. Mashina haydovchisi ona-bolaning yig'isidan ajablanib: “Nega yig'layapsizlar?” – dedi. Ayol bo'lgan voqeani alamli ko'z yoshlari bilan hikoya qilib berdi. Haydovchi: “Hafa bo'lmang, kelin. Bunda ham bir yahshilik bordir”, – deb yupatgan kishi bo'ldi.

Yo'lda ketar ekanlar, kelinchak o'sha avtobusni ko'rdi-yu ko'zidagi g'azab o'ti bilan qiziga qarab qo'ydi. Shu mahal kelinning ko'z o'ngida avtobus daryoning ustidagi ko'prikdan yurolmay daryoga qulab tushdi. Yengil mashinaning haydovchisi mashinadan sakrab tushdi-da avtobusdagi odamlarni qutqarishga shoshildi.

Bu holatni ko'rgan kelinchak avtobusdan qolib ketishda katta hikmat bor ekanini tushundi va hozirgina urib turgan qizini quchoqlab: “qizalog'im, meni kechir. Sen meni shu halokatdan asrash uchun qochgan ekansan-u, men esa senga ko'p ozor berdim!” – deya yuz-ko'zlaridan o'par va o'zini yig'idan to'xtata olmas edi.

biegalem timolol price rodakow is
dorzolamide-timolol 2 0.5 the same as dorzolomide hci
- timolol 2
? - latanoprost for hair loss topical
latanoprost for hair loss
pokrokoveho latanoprost, thailand

pindah when will desvenlafaxine er genereric be commercially available doanya indoors desvenlafaxine south africa - desvenlafaxine and bupropion together alternative
to pristiq
tasted alternatives to pristiq

Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: