Загрузка...
Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQ-AYIQ.NET посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQ-AYIQ.NET в Закладки.
26 июл 18:21Hikoyalar

Tanish raqamlar.

Загрузка...

Ota va o'g'il foto

Bir kishiga qo'ng'iroq qilish sabab, telefonim kontaktidan uning raqamini qidirar ekanman, boshqa raqam egasiga ko'zim tushib qoldi.

Ko'zim tushdi-yu, etim jimirladi, butun vujudimni qayg'u qamrab oldi.

Bu raqam egasi bilan tug'ilganimdan buyon birga edim. O'n oy avval ham kunda kun olis suhbatlashib turardik.

Raqamga ko'zim tusharkan, alamli xotiralar birin-ketin ko'z oldimdan o'ta boshladi. Chidab bo'lmadi, o'pkam to'lib ketdi, chuqur-chuqur xo'rsinardim. Afsus chekardim.

Bu raqam egasi, mening rahmatli padari buzrukvorim edi.

Manashu raqamdan dadam xayotliklarida, xar doim ham emas, onda-sonda:

- Iqboljon bolam, telefonimni puli tugab qoladi-da, iloji bo'lsa besh-o'n ming paynet qilib yuborgin, - derdilar.

- Xo'p bo'ladi dada.

Alam qiladigani, armon qiladigani, ba’zi-ba’zida o'zim bilan o'zim bo'lib (dunyoviy tashvishlarga berilib), aytgan iltimoslarini unutib qo'ygan kunlarim bo'lgandi. O'zlari telefonlariga pul tushirib, yana qo'ng'iroq qilardilar.

Telefon ekranida raqamlarini ko'rishim bilan boyagi iltimoslari yodga tushib, "eh esimdan chiqibdi-yu" degancha kolovlanib, qo'ng'iroqni olganimda:

- Iqboljon! Xavotir olma o'g'lim, o'zim pul tushirib oldim, ishlaringni qilaver, faqat ehtiyot bo'lgin! Boshing omon bo'lsin! - deb duo qilib qo'yardilar.

Alamli xotiralarni yodga olar ekanman, qanchalar beparvo ekanligimdan xafa bo'laman, o'pkam to'lib, ko'zlarimdan yosh dumalab, ekrandagi "Dadam" deb yozilgan telefon raqamiga dumalaydi.

Xayolga berilaman.

Qani endi xozir shu raqamdan qo'ng'iroq bo'lsaydi, 34 yillik tanish ovoz jaranglab:

- O'g'lim, yaxshimisan?

Ishlaring bo'lyaptimi?

Qiynalmayapsanmi?

Bizlardan xavotir olma, biz yaxshimisiz, o'zingni ehtiyot qil bolam! - desalar.

Yo'q, endi qo'ng'iroq bo'lmaydi!

Qo'ng'iroq bo'lmasligini bilganim uchun ham bugun chuqur qayg'udaman!

Jannatlarda ko'rishishlik nasib qilsin dadajon!

Похожие новости:
Bo'ri tishidagi «baxt». Bo'ri tishidagi «baxt». Hikoyalar Mug'ombir, ayyor kundoshim. Mug'ombir, ayyor kundoshim. Hikoyalar Vaqt bu nima? oxirigacha o'qing. Vaqt bu nima? oxirigacha o'qing. Hikoyalar Ota va qiz ... (real voqea asosida yozilgan) Ota va qiz ... (real voqea asosida yozilgan) Hikoyalar Ota va o'g'il ayanchli hikoya. Ota va o'g'il ayanchli hikoya. Hikoyalar
Загрузка...
Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код:
Партнеры
Загрузка...
Личный кабинет