Duradgor usta hikoyasi.
Kichkina qishloqlarning birida duradgor usta yashar edi. U yog'ochlarga chiroyli naqshlar berib qimmat narxga sotardi.
Kunlarning birida uning oldiga bir chol kelib:
- Sen bu mexnating orqali yaxshi topasan, lekin faqir muhtojlarga hech xam xayr exson qilmaysan. Ana u qassobni qara, u oz topsa xam, deyarli har kuni faqirlarga go'sht tarqatadi, debdi.
Duradgor cholga qarab jilmayibdi, lekin indamabdi, shunda chol javob olmagach duradgor yonidan g'azablanib chiqib ketibdi.
Bu voqeadan keyin qishloqda: - Usta boy lekin xasis ekan, degan gap tarqalibdi va qishloqdagilar duradgorni yomon ko'rib qolishibdi.
Kunlarning birida, duradgor xastalanib qolibdi. Xech kim undan xabar xam olmabdi. Xasta duradgor yolg'izlanib olamdan ko'z yumibdi.
Kunlar o'tib odamlar qassob go'sht tarqatmay qo'yganini payqashibdi. Shunda qassobdan nega oldingidek go'sht tarqatmayotganini so'rashsa, u:
- Duradgor usta xayotlik chog'ida har safar pul olib kelib, mendan faqirlarga go'sht tarqatishimni so'rardi. Xozir esa duradgor yo'q. Endi xech kim pul olib kelmayabdi, deb javob beribdi.
Qissadan xissa shuki: Xech qachon insonda ko'rgan narsangizga qarab baxo bermang, uning qalbini faqat Allox bilguvchidir!