Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
25 апр 14:48Hikoyalar

Bo'ri tishidagi «baxt».

Bo'ri tishi foto.

"Ippodrom" bozoridagi viloyatlarga ketuvchi mashinalar oralab yurgan lo'li ayol diqqatimni tortdi. O'zini kuzatayotganimga ko'zi tushdi chog'i, ildam-ildam men tomon yura boshladi.

Yetib kelgach:

— Singlim, mana bundan olib keting!
— dedi.
— Nima ekan?
— so'radim umrimda ilk marta ko'rayotganimdan hayron bo'lib.
— Mana bu bo'rining tishi, bular esa bo'rining tirnoqlari.
— Ularni nima qilaman?
— hayratim ikki baravar ortdi.
— Ie, shuniyam bilmaysizmi? Axir bo'ri baxt va omad keltiruvchi hayvon-ku!
— Baxt va omadga bo'ri tishlari va tirnoqlarining nima aloqasi bor?
— Axir bo'ri baxt va omad timsoli bo'lgandan keyin uning tishlari hamda tirnoqlari ham baxt keltiradi-da!
— Bo'ri baxt hamda omad timsoli emas. U bor-yo'g'i bir yirtqich jonivor xolos! Xo'p, sizningcha borib, shunday deb o'ylaylik ham. Ayting-chi, uning tish va tirnog'i menga nima karomat ko'rsatadi?
— Mana, bu bo'rining tishi,
— shunday deya menga uzunligi bir barmoqcha keladigan oq-sarg'ish yoysimon tishni uzatdi. Ko'nglim behuzur bo'lib ketdi.
—Uni teshib, ip o'tkazib qo'yganman. Bo'yningizga osib olasiz. U sizni balo-qazodan asraydi! Oling, sizga arzon qilib beraman,
— deya tutqazishga urindi.
— Qanchaga berasiz?
— O'zi…
— ayol engashib qulog'imga shivirladi:
— hamma erda yigirmataga sotiladi. Mayli siz birinchi bor xarid qilayotganingiz uchun…
— uning gapi chala qoldi.
— Nima?! Yigirma ming so'm? Bor-yo'g'i bir o'laksaning bir dona tishi-ya?!
— deb yuborganimni bilmay qoldim.

Bo'ri tishi afsonasi.

— Baqirmang, nega baqirasiz? Bunaqada bozorimni kasod qilasiz-ku! Hali hech kim sizga yigirma ming so'm degani yo'q, bildingizmi?!
— ayolning jazavasi qo'ziy boshladi.
— Ie, hozirgina yigirmataga beraman, degan kim?
— dedim jahlim chiqib.
— Yigirmata “ko'ki” dedim, ovsarmi, nimab-balo-o! Esimni taniganimdan buyon tish, tirnoq sotaman, bunaqa anqovni birinchi bor ko'rishim!
— ensasini qotirdi ayol. Yigirma mingga mushuk oftobga chiqarmidi?
— Unda tirnog'i qancha turadi? Uni nima qilaman?
— dedim o'zimni arang bosib.
— Osmondan tushganmisiz, nima? Tirnog'ini chaqaloqlarning beshigiga yoki uy ichiga osib qo'yiladi. Balo-qazoni daf qilib, o'sha xonadonga baxt keltiradi! Ha, eng keraklisini aytish esimdan chiqibdi. Bo'rining tishlarini o'zi bilan olib yurgan kishining ishlari o'z-o'zidan yurishib, puli ko'payib ketadi! Arzimagan yigirma do'llirni ayamasangiz, boyib ketasiz!
— barmoqlarini pul sanayotgandek shaqillatdi u. U tilidan ilinib qo'ygan edi. Ayni payti ekanini anglab, hujumga o'tdim:
— Meni gaplaringizga ishondi, deb o'ylang-da, endi savolimga javob bering. Hozirgina shu tish va tirnoqlarni o'zi bilan olib yurgan kishining omadi chopib, boyib ketadi, deb aytdingiz, to'g'rimi?
— To'g'ri!
— Sal avval meni o'ta ovsar va anqov ekanimdan g'ashingiz kelib, "Tug'ilganimdan buyon tish, tirnoq sotaman!" deganingizniyam tan olasizmi?
— Ha! Onam chaqaloqligimda mening beshigimga ularni osib qo'ygan ekan. Mendan keyin ukalarim ham o'sha beshikda yotishgan. Uyimizda kulrang bo'rining butun boshli terisi tirnoqlari bilan birga turibdi! Uni otamiz devorga qoqib qo'ygan!
— maqtana boshladi lo'li ayol.
— Bu bilan o'z yolg'oningizni o'zingiz fosh qilib qo'ydingiz-ku! Bir umr tish va tirnoqlar bilan birga ekansiz, u holda nega siz boyib ketmadingiz?

Bo'ri rasmi.

— gapimni tugatolmay qoldim. Negaki, ayol menga eb qo'ygudek tikildi-da, bir nimalar deya g'udranib, boshqa bir mashina tomon yo'l soldi. Garchi ketib qolgan bo'lsa-da, xayolan u bilan so'zlashardim:“Meni shu safsatalarga ishonadigan darajada laqma deb o'ylayapsanmi? Agar bo'ri tishlari, tirnoqlari baxt, omad, boylik keltirganida va balo, ofat seni tark etganida edi, qo'lingdagi emizikli go'dak bilan yomg'irli kunda bozorma-bozor sarson bo'lib yurarmiding? Egningga bir qara, hecham boyvachcha xonimga o'xshamaysan. To'g'ri, men rostdan ham sen hozirgina ataganingdek ovsar, anqovdirman, ammo ahmoq va laqma emasman. Odamlarni aldab pulini shilganingdan ko'ra, to'g'risini aytib, halol tirikchilik qilib kun kechirsang bo'lmaydimi? Ha, aytmoqchi, bu tish va tirnoqlar aynan bo'riniki ekaniga ham ishonmayman. Negaki, it yoki boshqa hayvonlarniki bo'lishi ham mumkin. Keyinchalik bir tanishimdan eshitib bilishimcha, bo'rining bitta tishi ikki yuz dollar, juda bo'lsa, ikki yuz ming turarkan. Mayli, bu muhim emas. Uning o'zi ham, bahosi ham meni qiziqtirmaydi! Qo'lingdagi tish va tirnoqlar oddiy jonivor murdasining bir tiyinga qimmat jonsiz parchalari ekanini mendan yaxshiroq bilasan. Uning hech qanday baxt va omad keltirmasligi ham senga oydek ravshan. Faqat sen ulardan foydalanib, sodda odamlarga tuzoq qo'yasan. Maqsading bitta
— aldov bilan pul topish! Ularni hatto tekin berganingda ham olmagan bo'lardim! Balki qo'limga olishga ham jirkanaman! Men senga, ayniqsa, sening tarbiyangda ulg'ayayotgan manavi begunoh go'dakka achinaman, xolos!..

Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: