Курс доллара в Узбекистане на сегодня

Опрос посетителей
Оцените работу движка

Добро пожаловать на нашем любимом сайте OQAYIQ посвященный Шоу-Бизнесу Узбекистана! На нашем сайте вы найдете много интересных новостей, произведения искусство от лучших Узбекских исполнителей и сможете без проблем скачать себе. Все новости удобно отфильтрованы по разделам. В верхней части сайта имеется удобный поиск по сайту, где вы сможете найти то что Вы ищете, например мп3 Уз, клипы Уз, фильмы Уз, которую вы так давно искали. Кстати не забудьте добавить Наш сайт OQAYIQ UZ в Закладки.
28 мар 00:49Hikoyalar

Mug'ombir, ayyor kundoshim.

kundoshim

Mug'ombir, ayyor kundoshim

Ehtiyot bo'linglar aziz ayollar bunday kundoshlikni hech kimga tilamayman deymanu lekin deyarli hammamizning bunday kundoshlarimiz bor.

Turmushga chiqqunimcha hayolimda huddi ertaklardagidek chiroyli kechalarga borib, o'zimning betakror libosim va til ojiz husnim bilan hammani lol qilardim. Keyin u yerda dunyoda tengsiz bo'lgan yigit mening ortimdan ergashar, men parvo qilmas, ammo u baribir e'tiborimni tortar va biz sehrli muhabbat qasrida yashardik.
Oila qurganimdan keyin bu hayolot olamim biroz toraydi. Endi boshqacha hayol surar, hayolimda dugonalarim bilan bo'ladigan «gap»ga qimmatbaho kiyim va hatto shaxsiy mashinamda boradigan bo'ldim. Dugonalarim ortimdan rosa og'zidan suvi oqi-i-ib qarab qolishardi.
Hozir esa..

Uch bola, ro'zg'or, ishdan qaytgach telefondan bo'shamaydigan er bilan bo'lib, hayol ham surmay qo'ydim, shekilli. Yo'q, suraman. Faqat hayolim ham o'zim kabi ojiz va ko'rimsiz. Ishonsangiz, ayni damda o'zimni ko'z oldimda jonlantirsam haligi multqaxramon keladi. Qaysi deysizmi? Anuv-chi, sakkiz-to'qqiztacha bolasining ortidan yugurib yuradigan maymun. Kulmang! Rostdan ham shunaqa bo'lib qolganman. Endi o'ylab ko'rsam, o'sha sho'rlik maymunning ham eri hech qayerda ko'rinmaydi. Huddi mening erimga o'xshab. Bechoraning eri ham meniki kabi oila bilan emas telefon bilan yashayotganmikan?
Telefon degan so'zni og'zimga ham olgim kelmaydi. Bu matoh shu qadar g'azabimni keltiradiki, xuddi sira yo'qolmaydigan suvarakdek. Shunchalar «allergiya»mni qo'zitadiki, katta shaftolining tuki kabi. G'ayirligimni shunchalik qaynatadiki, kundosh ham yo'lda qoladi. G'o'yo men uchun telefon dunyodagi eng, eng, eng bo'lmag'ur, zararkunanda narsa...
U-f-f-f! Mana, gapirganim sari bo'g'zimga alam tiqilyapti.
Alam qilmay bo'ladimi, ahir?
Ishonasizmi, erim bilan gaplashmaganimga bugun naq... qarang hisobini ham bilmayman. Yo'-o'-o'q, urishib qolganimdan emas. Shunchaki u erta tongda ham, ishdan qaytgach ham telefonidan ortmaydi. Gaplashishga vaqti yo'q. Hali kim bilandir yozishadi, hali gaplashadi, oxirgi paytda ovozini ezib kimlargadir yuboradi, o'sha kimdirlar ham erinmay erimga ovoz yo'llaydi. Ja-a-a bo'lmasa, o'yin o'ynaydi.
Ikki ko'zi telefonda bo'lgani bois, bolalarini ham ko'rmaydi. Kuyganim, buni sizga aytishga ham uyalaman-ey! Tunov kuni nima deydi deng:

— Yosh bolaga nima uchun soch ulab qo'yding, ahmoq!

— Kimga soch ulabman? — dedim hech narsaga tushunmay.

— Manovning sochi buncha uzunmasdi-ku, — deydi qizalog'imizni ko'rsatib.

— Faqat telefonga emas, bolalarga ham qarab turish kerak. Xademay, ularni tanimay ham qolasiz, — dedim tutaqib.

Anuv kuni shivirlab, hayajon bilan aytgan gapiga kulishni ham, kuyishni ham bilmaysiz.
— Yon qo'shnimizning qizi ko'zimga boshqacha ko'rindi. Tinch emas-ov. Tag'in bilmadim-u, men homiladorga o'xshatdim. Sovchi-povchi kelyaptimikan, o'zi? Tezda uzatmasa, ota-onasini naq go'rga tiqadi-ya!
Avvaliga hech narsani anglamay, yuziga baqrayib qoldim. Keyin jahlim chiqdi-da:
— Qayerda yashayapsiz o'zi? Qo'shnimiz o'tgan yili qizini uzatdi, bir yil yashadi, endi bo'yiga bo'lganida erini bir qiz bilan tutib olib, arazlab ham keldi. Shu-shu uyida...
— Xa-a-a, hartugul. Men erga tegmay homilador bo'libdimi, debman...
— To'yiga bordingiz-ku! O'sha erda ham telefonga termulib o'tirgandingiz!
— Yo'g'-e, to'yiga ham borganmidim? Menga qara xotin, yuzingni ari chaqdimi? Nega shishib ketding?
— Voy-dod! SHishmaganman, semirganman! Mazam bo'lmagani uchun do'xtir dori bergandi. O'sha semirtirarkan. Olti oy bo'ldi, dorini ichib, semirganimga ham.
Eng daxshatlisi, yaqinda tumov bo'lib yotib qolganimda «Bolalarni o'zingiz maktab, bog'chagadan olib keling», deb iltimos qildim. Ishonasizmi, bog'chaga borib «Katta o'g'lim qani?» deb rosa ularning boshini qotiribdi. Oxiri, qizimizning yoniga borgach, undan akasining maktabga borayotganini bilibdi.
Shundan buyon hamma narsaga o'zim yuguryapman.
Huddi o'sha multfilmdagi maymunga o'xshab. Bunaqa hayotdan keyin shirin hayol surib bo'ladimi?

Ayb Teldamas Erizzi Dohtorga Korsatish kerek

Fikr qoldirish
Ваше Имя:
Ваш E-Mail:
Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Вставка ссылкиВставка защищённой ссылки Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера
Введите код: